У нас есть только
оригинальные песни

Jizzaxda “Barkamol avlod-2017” sport musobaqalariga start berildi

calendar 26.05.2017
1552

Jizzax shahrida o'rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalari o'quvchilarining “Barkamol avlod – 2017” respublika sport musobaqalari boshlandi. Bu haqda O'zA xabar bermoqda.

O'zbekistonda yo'lga qo'yilgan uch bosqichli tizim – “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va Universiada sport o'yinlari ulg'ayib kelayotgan navqiron avlod ongiga sog'lom turmush tarzini bolalikdan boshlab chuqur singdirishda muhim vosita bo'lib xizmat qilmoqda. 

Shaharning Sharof Rashidov shohko'chasi va  Alisher Navoiy ko'chalari o'rtasida joylashgan “So'g'diyona” stadionida katta sport bayrami – “Barkamol avlod – 2017” final musobaqalarining tantanali ochilish marosimi o'tadi.

“Barkamol avlod – 2017” musobaqalarining ochilish marosimi o'tayotgan zamonaviy sport majmuasi keyingi uch yilda barpo etildi. Uning tarkibida o'n ming tomoshabin o'rinli “So'g'diyona” stadioni, yengil atletika, suzish va gimnastika zallari, matbuot anjumanlarini o'tkazish uchun konferents zal va boshqa qulayliklar mujassam etilgan.

E`tiborlisi, “Barkamol avlod” sport musobaqalari birinchi marta Jizzax viloyatida sportning 8 turi bo'yicha (basketbol, voleybol, futbol, yengil atletika, milliy kurash, belbog'li kurash, tennis va suzish) tashkil etilgandi. Bu yilgi musobaqalarda sportning o'n yetti – basketbol, voleybol, futbol, qo'l to'pi, og'ir atletika, dzyudo, yunon-rum kurashi, erkin kurash, boks, suzish, taekvondo, yengil atletika, badiiy gimnastika, tennis, stol tennisi, badminton va shaxmat turlari bo'yicha o'tkazilmoqda.

Яндекс.Метрика