У нас есть только
оригинальные песни

Jizzaxda Hamid Olimjon va Zulfiya haykali ochildi

calendar 04.11.2017
1857

Jizzax shahrida atoqli shoir Hamid Olimjon va shoira Zulfiyaning haykali ochildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda davlat va jamoat arboblari, madaniyat va san’at namoyandalari, yozuvchi-shoirlar, Hamid Olimjon va Zulfiya avlodlari, Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindorlari, adabiyot ixlosmandlari ishtirok etdi.

Qisqa fursatda barpo etilgan Hamid Olimjon va Zulfiya xiyoboni badiiy falsafa kasb etgan. Unga tutash maydonda bu ikki ardoqli ijodkor muzeyi, o‘zbek tili va adabiyotini chuqur o‘qitishga ixtisoslashgan Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi maktab-internat joylashgan, bolalar kutubxonasi bunyod etilmoqda.

Tantanali tadbir ishtirokchilari mazkur muzey, Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi maktab-internat faoliyati bilan tanishdi.

Яндекс.Метрика