У нас есть только
оригинальные песни

Jizzaxda kanalizatsiya tizimi yaxshilanadi

calendar 11.09.2015
1012

Osiyo taraqqiyot banki Jizzax shahridagi kanalizatsiya tizimini rekonstruksiya qilish orqali shahardagi atrof-muhit va aholi salomatligini yaxshilash, turmush darajasini oshirish maqsadiga yo‘naltirilgan 81 million dollarlik qarz berilishini tasdiqladi.

Loyiha amalga oshirilishi natijasida 85 mingdan ziyod aholi va 350 ta biznes subyekti ichimlik suvi va ishonchli kanalizatsiya tizimi bilan ta’minlanadi.

Yangi suv tozalash inshooti qurilishi bilan birga, loyiha 62 kilometrlik magistral kollektorlar va to‘rtta nasos stansiyasini barpo etish, shuningdek, yangi inshootlarni ishga tushirishni ko‘zda tutadi.

Loyiha 2020-yilda yakunlanadi, o‘sha vaqtgacha tizimlar quvvati kuniga 30 ming kub metr kanalizatsiya chiqindilarini yig‘ish va qayta ishlashga yetadigan bo‘ladi.

Яндекс.Метрика