У нас есть только
оригинальные песни

Jon Kerri iqlim bo‘yicha Parij kelishuvini nabirasi Izabel bilan birga imzoladi

calendar 24.04.2016
651

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri iqlim bo‘yicha Parij kelishuvini imzolash marosimiga ikki yoshli nabirasi Izabel bilan keldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Hujjatga imzo qo‘yar ekan, Kerri qizaloqni tizzasiga o‘tqazdi, keyin esa peshonasidan o‘pib qo‘ydi. Shundan so‘ng ikkovlon ularni olqishlagan BMT bosh kotibi Pan Gi Mun oldiga keldi.

Bundan avval, marosimning ochilish chog‘ida, Kerri AQSh Parij kelishuvini shu yil ratifikatsiya qilishni rejalashtirayotganini bildirdi. “Biz barcha xorijiy sheriklarimizni shu tariqa yo‘l tutishga chaqiramiz”, — deya da’vat qilgan Davlat kotibi.

2015-yil 12-dekabrda 195 qatnashchi davlat ishtirokida Parijdagi iqlim bo‘yicha anjumanda qabul qilingan kelishuv bugungi kungacha 175 mamlakat tomonidan imzolandi.

Яндекс.Метрика