У нас есть только
оригинальные песни

Jon Rokfellerning yashash qoidalari

calendar 23.04.2016
2583

Bundan 176 yil muqaddam, 8-iyul kuni dunyoga kelgan buyuk tadbirkor Jon Devison Rokfeller insoniyat tarixidagi birinchi millioner va milliarder hisoblanadi. U tufayli Rokfeller familiyasi boylik ramziga aylandi. U boshlab bergan ishni bugun avlodlari davom ettirmoqda — Rokfellerlar oilasi ko‘plab mashhur tijoratchilar, bankirlar, siyosatchilarni tuhfa etib, jahondagi eng boy oila bo‘lib qolmoqda.

“Interesno” ushbu sulola asoschisining hayotga qarashlari aks etgan so‘zlarini yodga oldi.

Biznes haqida

Kuni bo‘yi ishlagan odamning pul topishga vaqti bo‘lmaydi.

Yaxshi boshqaruv oddiy ishchiga qiyinroq, unga noma’lum vazifani bajarishni ko‘rsatishdadir.

O‘z ishimdan 100 foiz olgancha, yuzta odamning ishidan 1 foizdan olganim ma’qul.

Hamma narsani bilgan odamdan ko‘ra ishtiyoqqa to‘la odamni ishga olaman.

Menga o‘ylaydigan xalq kerak emas, menga ishlaydigan xalq kerak.

Biznesga asoslangan do‘stlik do‘stlikka asoslangan biznesdan yaxshiroqdir.

Pul haqida

Ishlab topgan dastlabki millionimdan boshqa har bir million uchun hisob-kitob bera olaman.

Katta xarajatdan qo‘rqmaslik kerak. Kichkina daromaddan qo‘rqish kerak.

Katta boylik sari yo‘l passiv daromad orqali o‘tadi! Bu senga o‘z sa’y-harakatlaringdan qat’iy nazar kelaveradigan daromaddir.

Boylik — yo buyuk marhamat, yo buyuk la’nat.

Mening majburiyatim — pul topish, yanada ko‘proq pul, ammo bu pullarni ezgu ish, yaqinlarim manfaati yo‘lida sarflash. Vijdonim menga shuni amr etadi.

Yagona maqsadingiz boy bo‘lish ekan, bunga hech qachon erishmaysiz.

Hayot haqida

Pulni teja. Mahsulotni ulgurji va arzon sotib olish mumkin bo‘lgan joylarni qidir. Xaridlar ro‘yxatini oldindan tuzib, faqat rejalashtirilgan narsalarni sotib ol.

Odamlar bilan muloqot qilish qobiliyati — bu bir tovar, uni shakar yoki qahva xarid qilganday sotib olish mumkin… Men bunday qobiliyat uchun dunyodagi boshqa hamma narsaga nisbatan ko‘proq haq to‘layman.

Mavqe qozon, va u sen uchun ishlay boshlaydi.

Men har doim har bir halokatni imkoniyatga aylantirishga urinib kelganman.

Men bu hayotda kim bo‘lishimni hech qachon bilmaganman, ammo kattaroq biror nima uchun tug‘ilganimni har doim his etar edim.

Sabr-toqat ish muvaffaqiyatining birinchi va asosiy shartidir.

Яндекс.Метрика