У нас есть только
оригинальные песни

Juliya Roberts 13 yillik nikohidan keyin Denni Moder bilan ajrashadi

calendar 31.07.2015
1515

Juliya Roberts 13 yillik birga kechirilgan hayot va uch nafar farzand Denni Moder bilan nikohini bundan keyin ham davom ettirishiga sabab bo‘la olmaydi degan qarorga keldi. Aktrisaga turmush o‘rtog‘ining qo‘llab-quvvatlashi juda zarur bo‘lgan paytda Dennining o‘zini tutishi Juliya sabr kosasining to‘lishiga olib keldi. Yaqinda Roberts og‘ir judolikni boshdan kechirdi. Uning onasi saraton xastaligidan vafot etdi. Biroq Denni shunday paytda ham Malibu plyajida syorfing bilan shug‘ullanishda davom etdi. Ko‘mish marosimida ham qatnashmadi. Biroq bunday vaziyatlarda faqat bir kishi aybdor bo‘lmaydi. Juliyaning juda rashkchi ekanligi anchadan beri ma’lum. U Moderning telefoni va elektron pochtasini tekshirib turgan, qachon, kim bilan uchrashishini kuzatgan. Ularni ajrashish haqida rasman e’lon qilishini to‘xtatib turgan yagona sabab – uch nafar farzandi. Aktrisaning turmush o‘rtog‘ini ularni ko‘rish huquqidan mahrum bo‘lishi mumkinligi xavotirga solmoqda.
Яндекс.Метрика