У нас есть только
оригинальные песни

JURNALISTLARGA ETIROZ VA TANQIT.

calendar 21.05.2011
2480

Men jurnalistikaga judayam qiziqaman.Proffisional jurnalist emasman shunchaki havaskor jurnalistman yani bu sohada o'qimaganman hech qanday malumotim yo'q shunday bo'lsa ham bazi bir jurnalistlarizmi tanqit qilmoqchiman.

Bugungi kunda o'zbek jurnalistikasi qanday ahvolda? Menimcha o'zbek jurnalistikasi ko'proq ko'chirmachilikdan iborat bo'lib qolyabdi. Masalan oliylik tele jurnalistlarimizni ular boshqa davlatlar telekanallarda nomayish etilayotgan ko'rsatuvlarni o'zbekcha variantini taqdim etib yana loyiha muallifligiga davo qilishmoqda.
MASALAN- OYDIN HAYOT (o'zb telekanali) bu ko'rsatuv rossiyaning MALAHOV+ ko'rsatuvini o'zbekcha varianti.
MEHR KO'ZDA ko'rsatuvi (o'zb telekanali) bu ko'rsatuv Rossiya telekanalidan olingan JDI MENYA ko'rsatuvini o'zbekcha varianti.
TAXSI.UZ (NTT telekanali) bu ko'rsatuv rossiyaning TNT telikanilan ko'chirilgan.

ZAKOVAT (o'zb telekanali) bu ko'rsatuv Rossiyani telekanallarida namoyish etilyotgan CHTO, GDE, KOGDA ko'rsatuvini kopiyasi .

Shu va shunga o'xshash ko'plab ko'chirilgan ko'rsatuvlarni yozishim mumkun. Nima bizni Tv jurnalistlarimizi naxotki o'z g'oyalari yo'q? Nima bizni jurnalistlar faqat kopirovka qilishni biladimi? Nima bizni jurnalistlar jurnalistika fakultetida 4 yil bekorga umrini ketkizib o'qidilarmi? Ho'p mayli ko'chiribsiz ko'chirganga yarasha ko'rsatuv sifatini va saviyasini ham shu darajada ko'chiringda. Rossiya telekananiladi nomoyish etilyotgan ko'rsatuvdan o'zbekcha variantini solishtirganda o'zbekcha variantini saviyasi past bo'lib qolyabdi. Hozirgi o'zbek jurnalistikasiga originallik yetishmayabdi. Bu bilan barcha ko'rsatuvlar ko'chirilgan saviyasiz demoqchimasman yaxshi ko'rsatuvlar ham bor . 

MASALAN - TOG'RISINI AYTGANDA (tv markaz telenali).
BUGUN (yoshlar telekanali).

RO'ZG'OR MAKTABI (yoshlar telekanali)

Bular yetarli emasda hurmatli jurnalistlar biz havaskor jurnalistlar sizlardan nimalardur o'rganaylik bizga jurnalistikaga oid nimalardur qoldirilar. Kegin odamlar ham ahmoq emas siz ko'rgan rossiya telekanalini ular ham ko'rishadi. Yani ko'rsatuvni o'g'irlanganizi bilishadi odamlarni aldayolmaysiz. Boshqa davlat telekanallaridan ko'rsatuvlarni ko'chirishni esa biz havaskor jurnalistlarga qo'yib berilar biz buni eplaymiz silar esa jiddiyroq ish bilan shug'ullanib biz havaskor jurnalistlarga nimalarnidur o'rgatilar. Kegin har bir loyihalerga yulduzlarni jalp qilormaselar nur ustiga a'lo nur bo'lardida. Ahir hayotda yulduzlardan ko'ra oddiy odamlar ko'proqku. To'g'ri ko'rsatuvingizga yulduzlarni jalp etsez ko'proq tomoshabin ko'radi kelin ko'rsatuv yoqqani uchun emas o'zi yoqtirgan yulduzni ko'rish uchun ko'rishi mumkun. 

 Endi o'zbek internet saytlar jurnalistlarini ham yozsam. Afsusku internet ham shu ko'chirmachilik. Chet el jurnalistlari yozgan eng sara maqolalarni shundo o'zbekchaga tarjima qilib saytlarga joylab obro topganlari ham bor. Eng muhimi internetda havaskor jurnalistlardan,profisional jurnalistlarni ajratolmay qolyabman ,yani hamma jurnalistlar havaskor jurnalistday bo'lib qolgan. Kegin yozgan maqolalari faqat sevgi mavzusida nima boshqa mavzu yo'qmi? To'g'ri sevgi bu eskirmas o'lmas mavzu lekin bu degani hamma maqolani sevgi mavzusida yozish kerak degani emasku. Hayotni yaxshi kuzatselar undanda dolzarb mavzular ko'p.

Shou-biznes.uz saytini jurnalisti Mirtohir Mirg'ulovga allohida etirozim bor. Siz deyarli barcha maqolalarizda yulduzlarga pahta qo'yvoryabsiz. Masalan Ulug'ber Rahmatullayevni Ko'rmadim qo'shig'iga olingan klipni shu darajada maqtab yozibsizki natijada men pulimni vaqtimni ketkizib shu klipni saytizdan ko'chirib olgandim. Klipni ko'rib tog'risi ketgan pulimga vaqtimga achindim tog'risi klip umuman o'hshamagan. Hurmatli jurnalistlar yulduzlarga pahta qo'yaman deb ko'proq yolg'on maqtovlarni qo'shib yozmelar. ASLIDA HAQIQIY JURNALIST HECH BIR YULDUZGA MUHLISLIK QILISHI KERAK EMAS. Chunki muhlis ko'zi bilan qarab oshiqcha maqtab yuboradi. Jurnalist eng avvola adolatli , qalami o'tkir bo'lishi kerak. Keyin hurmatli jurnalistlar yulduzlardan olgan interviyularni o'qib hayron qolaman hamma savolilar bir biriga o'hshab ketmayabdimi? Jurnalist hech qachon o'ylagan savolini qoldirmasligi kerak. Kegin jurnalist eng avvalo tanqitchi bo'lish kerak. Bizni jurnalistlar tanqit qilgani qo'rqishadi chog'i. Albatta bu gaplarim hamma jurnalistlarga tegishli emas. Masalan men Sayyod admini Sardor Kamolovni haqiqiy jurnalist deb bilaman. Yozganlaridan nimadur o'rgansa bo'ladi adolatli tanqitchi. Yana shov-shuv sayti jurnalistlari ham yaxshi jurnalistlar. 

Hurmatli jurnalistlar yana takror aytaman horij saytlaridan maqola tarjima qilib saytda joylashni loyihalarni ko'chirishni biz havaskor jurnalistlarga qo'yib berilar. Silar prafissional jurnalistika bilan shug'ullanilar ahir olgan diplomiz oqlash vaqti keldi. Agar tanqidim notog'ri bo'lsa ukechirasizlar men jurnalistikaga juda qiziqaman shuning uchun sizlarni izingizdan borib sizlardan nimalarnidur o'rganishni hohlardim

Hurmat bilan havaskor jurnalist miranda_89

Яндекс.Метрика