Aktyor Deniyel Kreygning Stiven Kolberga bergan intervyusida ma`lum qilishicha, Jyeyms Bond rolini maxfiy agent haqidagi yangi filmda ham ijro etadi. Bu haqda Huffington Post nashri yozmoqda.
«Men kun davomida intervyu beraman hamda odamlar mendan bu haqda tinmay so'rashadi, va, mening fikrimcha, ancha kamtarin bo'lganman, biroq agarda rostini aytmoqchi bo'lsam, senga aytishim lozimligini his qildim», - deya aytib o'tdi u.
Shuningdek Kreygning ta`kidlashicha, bu uning Bond rolidagi so'nggi chiqishi bo'lishi mumkin, sababi «yuqori notada ketishni xohlamoqda».