У нас есть только
оригинальные песни

Ka'ba tomidagi oltin tarnov

calendar 21.12.2017
1181

Mizob al-Rahma (rahmat tarnovi) Ka'baning Iroq va Suriya burchaklari orasida o'rnatilgan bo'lib, tomdagi yomg'ir suvlarini oqizib yuboradi. 1627 yili yomg'irlar natijasida Ka'ba devorlariga shikast etadi. Uni qayta tiklash jarayonida tarnov o'rnatiladi. Yomg'ir suvi inoyat ramzi sifatida Ismoil va Hojar onamiz qabrlari tomon oqadi. Bundan tashkari, Payg'ambar alayhissalom tarnov joylashgan tomonda turib duo qilganlari ma'lum, — deb yozadi O'zbekiston musulmonlari idorasi rasmiy veb-portali. 
1) Dastlab bu kabi tarnov shakli Qurayshliklar Ka'ba ustiga tom o'rnatishgandan so'ng paydo bo'lgan. Ungacha Ka'ba 4 devordan iborat edi. 2) Tarnovda «Basmala» va «Ey Alloh» bitiklari mavjud. 
3) Tarnov qushlar qo'nmasligi uchun o'tkir tikanlar bilan qoplangan. 
4) Dastlab u yog'och, kumush va po'latdan qilingan. Tarnov ilk bor 1573 yili sof oltindan ishlangan. 
5) Uzunligi – 2,53 m, kengligi – 26 sm ni tashkil qiladi.
 

Яндекс.Метрика