У нас есть только
оригинальные песни

Ka’baning eshigini buzmoqchi bo‘lgan kimsa qo‘lga olindi

calendar 12.08.2018
1432

Makka shahridagi Ka’ba eshigini buzmoqchi bo‘lgan kimsani politsiya xodimlari qo‘lga olishdi, deya xabar beradi «Haber7.com» sayti.

Kecha kechki payt minglab hojilar Ka’bani tavof qilayotgan bir paytda Allohning uyi eshigini buzmoqchi bo‘lgan kishi qo‘lga olingan.

Avzoyi buzuq, aqli joyida bo‘lmagan kimsani politsiya xodimlari so‘roq qilmasdan prokuraturaga topshirgan.

Shubhali kimsaning qo‘lga olinish jarayoni tasvirga tushirilib, ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirildi.

Яндекс.Метрика