У нас есть только
оригинальные песни

Kabul Tursunov Navoiy viloyati hokimi etib saylandi

calendar 25.12.2016
1566


Navoiyda 25-dekabr, yakshanba kuni xalq deputatlari viloyat kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya ishida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qatnashdi va so‘zga chiqdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’ruzada mustaqillik yillarida Navoiy viloyatida barcha sohalarda islohotlar amalga oshirilgani, yangi bino va inshootlar, ijtimoiy obyektlar, uy-joylar barpo etilgani ta’kidlandi.

Keyingi besh yilda viloyat yalpi hududiy mahsuloti 130,3 foizga oshdi. Sanoat korxonalari soni 1049 tadan 1475 taga yetdi. Ilgari viloyatdagi sanoat korxonalari tomonidan 122 turdagi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib ularning turi 300 dan oshdi.

Ayni paytda viloyatda jiddiy e’tibor qaratish lozim bo‘lgan bir qator dolzarb masalalar mavjud ekanligi ham qayd etildi. Xususan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash sanoatini rivojlantirish uchun mavjud bo‘lgan juda katta imkoniyatlar ishga solinmayapti.

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev taqdimiga binoan Oliy Majlis Senati budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi raisi lavozimida ishlab kelayotgan Kabul Tursunov Navoiy viloyati hokimi etib saylandi.

Яндекс.Метрика