У нас есть только
оригинальные песни

Kadastr hujjati yuqolgan bo'lsa nima qilish kerak?

calendar 04.09.2018
1871

“Huquqiy axborot” kanali kadastr hujjati (yig'majildi) yuqolgan yoki yaroqsiz holga kelganda nima qilish kerakligi va qancha muddatda bajarilishi haqida ma`lumot berdi.

Qayd etilishicha, huquq egasi (kadastr hujjati egasi) ariza bilan tuman (shahar) “Yermulkkadastr” davlat korxonasi murojaat qilishi lozim.

Arizaga muvofiq tuman (shahar) “Yermulkkadastr” davlat korxonasi arxivida saqlanayotgan kadastr yig'majildining huquq egasiga tegishli qismlaridan nusxa olinadi.

Ushbu nusxalardan iborat kadastr yig'majildining har bir varag'iga tuman (shahar) kadastr davlat korxonasi rahbari tomonidan “asliga to'g'ri” degan yozuv kiritiladi va imzolanadi hamda ariza kelib tushgan kundan boshlab ikki (2) ish kuni ichida huquq egasiga topshiriladi.

Яндекс.Метрика