У нас есть только
оригинальные песни

Kaliforniyalik olimlar mobil telefonlar uchun seysmometr ishlab chiqdi

calendar 13.02.2016
1184

Kaliforniya olimlari mobil telefonini cho‘ntak seysmometriga aylantiruvchi dasturni sinov tariqasida taqdim etdi.

Ma’lum qilinishicha, MyShake dasturi yer osti silkinishlarini, hattoki sumka yoki cho‘ntakda ham aniqlay oladi.

Tadqiqotchilar odamlarga dasturdan ochiq muomalada foydalanishga imkoniyat berar ekan, uni turli qurilmalarda sinab ko‘rishni va ma’lumot yig‘ib foydalanuvchilarni ogohlantira oladigan tarmoq tuzishni rejalashtirmoqda.

Yerning vayron qiluvchi silkinishlarining markazgacha yetib kelishi uchun ma’lum bir vaqt kerak bo‘ladi. Zilzilani sezgan dastur qisqa vaqt ichida foydalanuvchini ogohlantira oladi. “Ushbu bir necha soniya sizga shaylanib, xavfsiz joy topish uchun kerak bo‘ladi”, ― deya izoh berdi laboratoriya vakili.

Olimlarning ta’kidlashicha, dastur 5 magnitudali zilzilani 10 kilometr masofadan seza oladi. O‘tkazilgan sinovlar 93 foizda aniq natija ko‘rsatdi.

Яндекс.Метрика