У нас есть только
оригинальные песни

Kaliningraddagi “Makdonalds”da shift qulab tushdi

calendar 31.05.2016
975

Rossiyaning Kaliningrad shahrida yaqinda qurilgan “Makdonalds” restorani binosida zal shifti qulab tushdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.

jtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan fotosuratlarga ko‘ra, osma shift konstruksiyasining bir qismi tushib ketgan. Bino ichida bo‘lgan odamlarga zarar yetmagan, negaki qulashdan oldin boshlangan qars-qurs ovozni eshitgan tashrifchilar xavfsiz joyga o‘tib, so‘ng ko‘chaga qochib chiqishga ulgurgan. Bino eshigi oldida tirbandlik kelib chiqqan.

Hozircha muassasa vakillari bu borada rasmiy izoh bermagan.

Restoran 24-may kuni ochilgan edi. U shahardagi uchta “Makdonalds” restoranidan eng yangisidir.

Яндекс.Метрика