У нас есть только
оригинальные песни

Kambag‘allikka sabab bo‘luvchi amallar

calendar 13.05.2018
2129

Bugungi kunda musulmonlar ko‘p yashaydigan davlatlarda, hatto, neftga boy bo‘lgan Yaqin Sharq yerlarida ham, qashshoqlik muammolari yechim topmadi, deb yozadi “Islom.uz”.

Darhaqiqat, boshqa musibatlarni sinov deb bilgani kabi, qashshoqlik ham Alloh tarafidan  kelgan sinov yo bandaning Yaratgan oldida maqomi ortishiga sabab, yoki bo‘lmasa, u qilgan gunohlarga jazo bo‘lishi mumkin. Ummatning qashshoqlashishiga asosiy sabab uning shariat ruknlariga amal qilmasligidir. Ruknlardan birini kamchiliklarsiz bajo qilish, masalan, zakot berish to‘laqonligicha qashshoqlikning oldini olishi mumkin. Bunga tarixdan mashhur bir voqeani dalil qilish mumkin.

Umar ibn Abdulaziz butun musulmonlarga amirlik qilgan davrlarida deyarli birorta zakotga muhtoj inson qolmagan. Iqtisodiy islohotlar natijasida aholining  yashash sharoiti yetarli darajada yuksalgan. Insonlar shunday yaxshi yashashganidan,  zakot berishga odam topishga qiynalishgan.

Bundan tashqari, qashshoqlikning ko‘plab sabablari bor. U sabablar orasida inson oqibatini o‘ylamay qiladigan noto‘g‘ri amallar ham bo‘lishi mumkin. Ushbu maqolada ayni sabablar haqida gaplashamiz, toki har kimsa ulardan ogoh bo‘lsin va uzoqlashsin.

  1. Zino

Qashshoqlikka sabab bo‘ladigan gunohlarning boshida xiyonat turadi. Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sallallohu alayhi vasallam aytganlar:

“Agar biror joyda zino va sudxo‘rlik tarqalsa, o‘sha yerning aholisi o‘ziga Allohning azobini chaqiradi”.

(Al Hakim, Tabaroniy)

Uning jazolaridan biri qashshoqlik hisoblanadi. Boshqa hadisda aytilganidek, qashshoqlikning sababi zinodir. Allohning Rasuli shunday deganlar:

“Zino qashshoqlikka olib keladi”.

(Al Bayhaqiy, “Shu’ab al-iymon”, 4/363)

Bundan chin tavba, tez-tez gunohlarini kechirishini so‘rash va ko‘plab solih amallar qilish bilan qutulish hamda Oxiratda jazolardan ozod bo‘lish mumkin. Zino qilib, qilgan gunohi,  iflos ishi bilan faxrlanib yuruvchilarga ko‘plab misol keltirish mumkin. Ammo ularning hayoti madaniyatli odamlarning hayotidan farqli bo‘ladi. Bugun u insonlar biridan qarz oladi, ertaga boshqasidan. Bularning bari  navbatdagi tungi bazmda o‘ziga o‘xshash qarz olganlarni atrofiga to‘plab, gunoh amallarni qilish uchundir. Mana shuning o‘zi ayni zinodir.

  1. Tilanchilik

Qashshoqlikning eshiklari tilanchilik bilan shug‘ullanuvchilar uchun ham ochiladi.  Abu Kabshi Umar ibn Sa’d Al Anmordan rivoyat qilingan hadislardan birida Rasululloh sallallohu alayhi vasallam aytganlar:

“Sadaqa bilan mol kamaymaydi”.

(Termiziy (2325), Imom Ahmad (4/231, №18031)

Ushbu hadisning Imom G‘azzoliy o‘zining “Ixyaulumm ad-diyn” kitobida keltirgan boshqa sharhida shunday deyilgan:

“Kim o‘ziga tilanchilik eshigini ochsa, Alloh unga qashshoqlikning 70 ta eshigini ochib qo‘yadi”.

  1. Ribo (Sudxo‘rlik)

Keng tarqalgan va odamlarni yaxshiliklardan to‘sib qo‘yadigan gunohlardan biri, ming afsuslar bo‘lsinkim, zamonamizda oddiy holga aylangan sudxo‘rlikdir. Bu faqat foizli qarz oluvchilar emas, balki foizli qarz beruvchi yoki riboning boshqa turlari bilan shug‘ullanuvchilarning ham qashshoqlashishiga sabab bo‘lishi mumkin. Amr ibn Al Aso roziyallohu anhudan rivoyat qilinadiki, “Kunlarning birida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday deganlarini eshitdim: “Sudxo‘rlik keng tarqalgan xalq qanday bo‘lishidan qat’i nazar, qashshoqlik bilan jazolanadi. Poraxo‘rlik bilan shug‘ullangan xalq esa qo‘rquv bilan jazolanadi va qo‘rquv uni tark etmaydi” (Imom Ahmad).

Alloh taolo Qur’onda shunday marhamat qiladi:

“Alloh riboni doimo nuqsonga uchratadi va sadaqalarni ziyoda qiladi. Va Alloh har bir kofir, gunohkorni xush ko‘rmas”

Sharh:

Sudxo‘rning puli hisob jihatidan ko‘p bo‘lsa ham, Alloh undan barakani ko‘tarib, yegani o‘ziga yuqmaydigan qilib qo‘yadi. Sudxo‘rni turli kasalliklarga duchor qiladi, tinchligini, xotirjamligini oladi. Yana biz bilmaydigan ko‘p balo-ofatlarga duchor qiladi. Shuningdek, sirtdan qaraganda, sadaqa qilgan kishilarning moli kamayganga o‘xshaydi. Aslida esa, ish buning teskarisi bo‘ladi: Alloh “sadaqalarni ziyoda qiladi”. Agar hisobda sadaqa qiluvchining moli hajmi oz bo‘lsa ham, Alloh unga baraka ato qiladi, balo-ofatlardan saqlaydi, o‘zini tinch, xotirini jam qiladi (Baqara, 276).

Ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar:

“Sudxo‘rlik ko‘plab mablag‘ni keltirsa ham, uning oxiri yetishmovchilik bo‘ladi”. (Imom Ahmad)

Biz ushbu maqolada kambag‘allikka sabab bo‘luvchi bir qancha amallarni keltirdik, xolos. Barchamiz bu illatlardan uzoq bo‘lmog‘imiz va shariatimiz buyurgan amallarni bajarmog‘imiz darkor. Ana o‘shanda Allohning izni bilan qashshoqlik ham, boshqa musibatlar ham kelmaydi, deyiladi maqolada.

Яндекс.Метрика