“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Andijon viloyat Kengashining VII Konfyerentsiyasi bo'lib o'tdi

Bugun Andijon Davlat univyersitetining majlislar zalida “Kamolot” YoIH Andijon viloyat Kengashining navbatdagi VII Konfyerentsiyasi bo'lib o'tdi.

Mashvaratda Harakatning Andijon viloyat Kengashi a'zolari, mahalliy Kengashlar Konfyerentsiyalarida saylangan delegatlar, faol yoshlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Hozirgi kunda Harakatning Andijon viloyat Kengashi o'z atrofida 14 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan 314458 nafardan ortiq yigit-qizni hamda 10 yoshdan 14 yoshgacha bo'lgan 153716 nafarga yaqin bolalarni birlashtirgan bo'lib, ta'lim muassasalari va mehnat jamoalarida tashkil etilgan 1085 boshlang'ich tashkiloti mavjud. 

Harakat demokratik huquqiy davlat qurish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonida yoshlarning faol ishtirokini kuchaytirish, mustaqil fikrlaydigan, o'z hayotiy pozitsiyasi va mustahkam e'tiqodga ega bo'lgan avlodni tarbiyalash, ularni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash, yoshlar o'rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish va bandligini ta'minlash, iqtidor sohiblarini qo'llab-quvvatlash, sportni rivojlantirish va o'sib kelayotgan yosh avlod o'rtasida sog'lom turmush tarzini shakllantirish kabi muhim yo'nalishlarda faoliyat olib bormoqda. Andijon yoshlarini birlashtiruvchi Harakat ushbu sohalarda bir qator davlat va nodavlat tashkilotlar bilan ijtimoiy shyeriklikda yoshlar uchun yuzlab kyerakli hamda qiziqarli loyihalarni amalga oshirilmoqda.

Konfyerentsiyani olib borish tartibi belgilanib, hay'at a'zolari tarkibi saylangach, hisobot taqdim etish uchun so'zga Harakatning Andijon viloyat Kengashi raisi Elyorbek Abduqodirov chiqib, videorolik shaklida tayyorlangan hisobotni taqdim etdi.

So'ngi ikki yarim yil mobaynida Harakatning birgina yoshlarning ijtimoiy faolligingi oshirish, ularning demokratik-huquqiy davlat qurish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonini ta'minlash sohasida tashkil etilgan yirik loyihalardan “Hokim va yoshlar” loyihasi doirasida 283 marotaba uchrashuvlar tashkil etilib, ularda 28026 nafar yoshlar, “Yosh qutqaruvchi” loyihasi doirasida 750 marotaba musobaqalar o'tkazilib, 13884 nafar yoshlar qamrab olindi, “Sud va yoshlar” loyihasi doirasida 323 marotaba uchrashuvlar tashkil etilib, 14258 nafar yoshlar “Siz qonunni bilasizmi?” loyihasi doirasida 2364 marotaba tadbirlar o'tkazilib, unda 168275 nafar yurtimiz kelajagi bo'lgan yoshlar ishtiroki ta'minlandi. 

Ma'naviy-ma'rifiy sohada o'tkazilgan yirik loyihalardan “Biz buyuk yurt farzandlarimiz” shiori ostida o'tkazilagan yoshlar festivali doirasida 284 marotaba uchrashuvlar davomida 1224000 nafar yoshlar, “Shunqorlar” harbiy sport musobaqalari bo'yicha 820 marotaba bellashuvlar o'tkazilib, unda 42950 nafar yoshlar ishtirok etgan bo'lsa, “Yosh chegarachilar” harbiy vatanparvarlik musobaqalari doirasida 15530 nafar, “Farzandlik burchim” loyihasi bo'yicha o'tkazilgan tadbirlarda  22356 nafar yosh avlod vakillari qatnashdilar.

Yosh avlodni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash, yoshlar o'rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish va bandligini ta'minlash sohasida o'tkazilgan “Yosh tadbirkor — yurtga madadkor”, “Mening biznes g'oyam” loyihalar doirasida tadbirlar tashkil etilib, 63955 nafar yoshlar qamrab olindi, Ta'lim va mutaxassislik ko'rgazmalari doirasida 51 marotaba tadbirlar o'tkazilib, 24975 nafar yoshlar qamrab olindi, “Bunyodkor” yoshlar mexnat harakati doirasida 110 marotaba mehnat ob'ektlarida ish olib borilib, 45000 nafar yoshlar qamrab olindi.

Iqtidorli yoshlarning ijodiy faolligini qo'llab quvvatlash yo'nalishida  o'tkazilgan ko'plab loyihalar -  sportni rivojlantirish va o'sib kelayotgan yosh avlodni jismonan kamol toptirish, ular o'rtasida sog'lom turmush tarzini shakllantirish bo'yicha o'tkazilgan loyihalarda ham viloyatning juda ko'plab yoshlari ishtirok etdilar. 

Konfyerentsiya davomida Andijon viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov so'zga chiqib, barcha konfyerentsiya ishtirokchilarini yaqinlashib kelayotgan Mustaqilligimizning 25 yillik bayrami bilan chin yurakdan muborakbod etdi. Harakatning Andijon viloyat Kengashi hozirgi kunda viloyat yoshlarining chinakam suyanchi va tayanchi bo'lib kelayotgani haqida to'xtalib, jumladan o'tkazilayotgan loyihalar yoshlarning orzu-intilishlari, maqsadlarini amalga oshirib kelayotgani haqida so'zlab, barcha viloyat yoshlariga o'zining samimiy ishonchini bildirdi.

Konfyerentsiyada so'z olgan Harakatning Markaziy Kengashi raisi o'rinbosari Dilshodbek Qulmatov viloyat Kengashining ikki yarim yillik faoliyatini qoniqarli deya baholab, Harakatning viloyat Kengashi  raisligiga Elyorbek Abduqodirov nomzodini tavsiya etdi. Delegatlar bir ovozdan Elyorbek Abduqodirov nomzodini ma'qulladilar.

 


Комментарии (0) | Добавить: 23.07.2016
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»

Babayan Tailand va Eronga qarshi o'yinlarga jalb etilgan futbolchilarni e`lon qildi. Yangi nomlar bor
Davlat test markazi rahbari o'zgardi
«Barselona» yangi formasini namoyish etdi
Toshkentda “Captiva” va “Prado” avtomobillaridan 7 mln so'mdan ortiq mol-mulkni o'g'irlagan shaxs ushlandi
Noutbuk xarid qilayotganda 10 ta ommaviy xato
Aholi soni bo'yicha Xitoy ortda qoldirildi
Nokia 9 rekord darajadagi operativ xotiraga ega bo‘ladi
Samsung suv tushishidan himoyalangan Galaxy Feel smartfonini namoyish qildi
1 iyundan boshlab "GM Uzbekistan" barcha avtomobillari so'mda sotilishi yo'lga qo'yiladi
Toshkentda oq qulupnay sotilmoqda
Yaxshi tayyorgarlik ko'ra olmagan Jahongir Otajonovning konsertni qanday o'tdi
Chiroyli sochlarning 5 dushmani
Tirsak va tizza terisiga yoshlikni qaytarish usullari
Forbes eng serdaromad futbolchilar kimligini ma`lum qildi
Chempionlar ligasi finali ilk bor tomi yopiq stadionda o'tkaziladi
Balotelli: "Oltin to'p"ni yutishim uchun Messi va Ronalduni o'ldirishim kerak
Shoygu o'zbekistonlik hamkasbiga G'alaba Bayrog'i nusxasini topshirdi
Organizmni tozalashga yordam beruvchi mahsulotlar nomi ma`lum qilindi
Ofis xodimlari uchun oddiy mashqlar to‘plami
Ertalabki shoshma-shosharlikni yengishning 9 ta yo‘li
Ramazon oyida to'g'ri taomlanish uchun foydali maslahatlar
TOP-7: Eng qimmatbaho mobil telefonlar
Samsung allaqachon «Star» nomli Galaxy S9 ustida ish boshlagan
Joriy yil uchun zakot, fitr sadaqa va fidya miqdori belgilandi
Tvorog insult va infarktning oldini olishda foydali
Internet orqali mahsulot xarid qilishda ehtiyot bo'ling
Markaziy bank boshqaruvi kimga o'tdi?
Usmonov Navalniyga qarshi: Shovqin kuchaymoqda
Ronalduga ancha ko'proq muddatga qamoq jazosi tahdid solmoqda
Sizga yoqmagan odamlar bilan qanday ishlash kerak?