У нас есть только
оригинальные песни

Kanada «Katta yettilik»ka raislik qilishni boshladi

calendar 01.01.2018
851

Kanada 1 yanvar kunidan e`tiboran «Katta yettilik» (G7) raisligini boshladi. Bu maqom 2017 yilda birlashmaga raislik qilgan Italiyadan Kanadaga o'tdi. «Yettilik»ning navbatdagi, 44-sammiti 8-9 iyun kunlari mobaynida Kvebek-Siti shahridan 150 kilometr shimoli-sharqda joylashgan La Malbe shahrida (Kvebek viloyati, Sharlevua tumani) o'tkaziladi.

«Kanada G7 sammiti 2018 yilda Sharlevuada o'tishidan mamnun. Bu hudud mamlakatimizning bor boyligini o'zida aks ettiradi - ikki tillikdan tortib (Kanadada ingliz va fransuz tillari rasmiy til hisoblanadi - tahr.) madaniy xilma-xillik, yilning istalgan vaqtida tabiatning ajoyibligigacha», - degandi Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo o'tgan yilning mayida «yettilik»ning Italiyadagi Taormine shahrida o'tkazilgan sammiti yakunida. 

Navbatdagi sammitda Rossiya va Ukraina mojarosi, gender tenglik, iqlim o'zgarishlari, xavfsizlik masalalari asosiy mavzular bo'lishi kutilmoqda.

«Katta yettilik» siyosiy jamiyati 1975 yilning 15-17 noyabr kunlarida AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya va Yaponiya o'rtasida tuzilgan, keyinchalik Kanada qo'shilishi bilan G7 nomini olgan. 1997 yili Rossiya jamiyatga qo'shilishi bilan G8 paydo bo'lgan, ammo Rossiya 2014 yilda Qrimni bosib olishidan keyin a`zolikdan chiqarilgan.

Яндекс.Метрика