У нас есть только
оригинальные песни

Kanadada 45 million dollarlik jekpotni yutib olgan lotereya o‘yinchisi qidirilmoqda

calendar 27.09.2015
1221


Noma’lum shaxs Kanadadagi eng yirik jekpotni yutib oldi.

Uning pul yutug‘i 45 million AQSh dollariga teng. Xabar berishlaricha, Lotto-Max lotereyasining baxtli chiptasi Ontario viloyatida sotilgan. Bundan tashqari, yana 15 kishi 750 ming dollar miqdorida rag‘batlantiruvchi mukofotlarga ega bo‘lgan.

Odatda Lotto-Max’ning jekpotlari 38 million dollardan oshmaydi, biroq bu safar — 7-avgustdan beri lotereyada hech kim g‘olib chiqmayotgani sabab, tashkilotchilar sovrin jamg‘armasini oshirishga qaror qilgandi.

Яндекс.Метрика