У нас есть только
оригинальные песни

Kanadada Facebook’ka joylashtirilgan selfi yordamida qotillik fosh etildi

calendar 20.01.2018
1350

Kanadada qotil qiz Facebook’ka dugonasi bilan tushgan selfisini joylashtirgani sabab jinoyat fosh etildi. Bu haqda CBC’ga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, Saskatun shahri politsiyasi ikki yildan buyon jasadi shahar axlattepasi yaqinidan topilgan 18 yoshli Britni Gargolning o‘limi yuzasidan tergov olib borgan.

Britnining dugonasi Shayenn Rouz Entoni huquq-tartibot xodimlariga ma’lum qilishicha, Britni o‘ldirib ketilgan kuni ular barda o‘tirib ichkilik ichishgan va shundan so‘ng Gargol noma’lum erkak bilan barni tark etgan.

Politsiya Britni o‘ldirilgach, Entoni tomonidan ijtimoiy tarmoqqa joylashtirilgan selfiga e’tibor qaratdi. Suratda Gargol bug‘ib o‘ldirilgan kamar Entonining belida turardi.

Politsiyachilar gumonlanuvchining ko‘rsatmasida ba’zi nomutanosiblikni payqab qoldi. Shayenning tanishlaridan birini politsiyaga aytishicha, Entoni o‘sha kecha jinoyat sodir etganini unga so‘zlab bergan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, jinoyatchi qiz 7 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

Яндекс.Метрика