У нас есть только
оригинальные песни

Kanalimizga obuna bo'ling

calendar 08.06.2018
983

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti rektori Kuanishbay Kelimbetovich Orazimbetov lavozimdan ozod etildi. O'zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorini imzolagan.

Filologiya fanlari doktori, professor Kuanishbay Orazimbetov 2016 yilning 26 avgustidan buyon institutga rektorlik qilib kelayotgandi.

Eslatib o'tamiz, mart oyi boshida Qoraqalpog'iston Respublikasi prokuraturasi tomonidan belgilangan kvotadan ortiq abituriyentni o'qishga qabul qilgan Nukus pedagogika instituti rahbarlariga nisbatan jinoyat ishi qo'zg'atilgandi.

Яндекс.Метрика