У нас есть только
оригинальные песни

Kaniza plagiatda ayblagan xonandalaridan uzr so‘radi

calendar 02.05.2016
2082

Xonanda Kaniza “Istiqlol” san’at saroyida bo‘lib o‘tgan konsertoldi matbuot anjumanida Ozodbek Nazarbekov, Rayhon, Munisa Rizayeva hamda Sarvar va Komilga o‘z e’tirozlarini bildirgandi. Xonanda hamkasblariga nisbatan fikrlari uchun uzr so‘radi, deb xabar beradi “Darakchi.uz”. 

“Jurnalistlar aybdor emas, o‘zim hayajonlanib, fikrlarimni to‘g‘ri yetkazib berolmadim. Hamma hamkasblarim va xonandalarni hurmat qilaman. Ko‘rishib qolganimizdagi muomalamdan to ularning konsertlariga o‘zim chipta xarid qilib, gullar bilan borib tabriklashimgacha bunga dalil. Matbuot anjumanidagi haqiqatlarim shaxsiy fikrim, ta’bir joiz bo‘lsa, xatoim hamda menga shunday tuyulgandek bo‘la qolsin, — deya ta’kidlagan Kaniza. — Baxtliman, dasturim biroz xatolik bilan o‘tgan bo‘lsa-da, aksariyat tomoshabin va hamkasblar tarafidan ‘birinchi konsert uchun a’lo’ deya baholandi. Eng asosiysi, oila qurdim. Hozircha turmush o‘rtog‘im nazorati ostida ijodni davom ettirishga kelishildi”.

Яндекс.Метрика