У нас есть только
оригинальные песни

Kanye Uest o‘zini zamonaning eng buyuk rok-yulduzi deb atadi

calendar 28.06.2015
1443

Amerikalik reper Kanye Uest Britaniyadagi "Glastonberi” musiqa festivalidagi chiqishi vaqtida o‘zini zamonaning eng buyuk rok-yulduzi deb atadi. Bu haqda NME xabar bermoqda.  Musiqachi ikki soatga yaqin vaqt davomida sahnada bo‘lib, o‘zining eski va yangi qo‘shiqlari ishtirokidagi taronani kuyladi, shuningdek, Jastin Vernon (Amerikaning Bon Iver indii-folk guruhi solisti) bilan birga bir necha qo‘shiqni aytdi. O‘z chiqishining yakunida reper Queen guruhining Bohemian Rhapsody kompozitsiyasini kuylab berdi. Ma’lumot uchun, Uest 2000-yillarning boshidan beri kuylab keladi. U hozirgi qadar 21ta "Gremmi” haykalchasini qo‘lga kiritgan, uning disklari 21 million nusxada sotilgan, internetda esa 66 million marta yuklab olingan. "Glastonberi” festivali esa 1970-yildan beri o‘tkazib kelinadi va Britaniyadagi eng asosiy, jahondagi eng yirik musiqa tadbirlaridan biri hisoblanadi. Unda turli yillarda Kasabian, The Rolling Stones, Radiohead, Coldplay, Oasis, Gorillaz, U2 va Moby kabi guruhlar va ijrochilar boshlovchilik qilgan.
Яндекс.Метрика