У нас есть только
оригинальные песни

Kanzasda gumondor shaxs FQBning to‘rt agentini yaraladi

calendar 24.04.2016
899

AQSh Federal qidiruv byurosining to‘rt xodimi va sud nozirlari Kanzas shtatida gumondorni qo‘lga olish paytida yaralandi. Bu haqda, CNN telekanaliga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.

Mahalliy politsiya boshqarmasi leytenanti Topeka Kolin Styuartning so‘zlariga qaraganda, voqea motelda sodir bo‘lgan. Otishmadan so‘ng u yerda yong‘in kelib chiqqan va shu tufayli jinoyatchini topishning iloji bo‘lmagan.

“Yong‘in o‘chirilishi bilan hokimiyat qidiruvni qanday olib borishni hal qiladi”, — dedi leytenant.

Federal agentlar olgan jarohatlar jiddiy emasligi aytildi.

Яндекс.Метрика