Kapello: Ibrahimovichni gol urishga aynan men o'rgatganman

Taniqli italiyalik mutaxassis Fabio Kapello Zlatan Ibrahimovichni u 2004 yilda «Yuventus»ga kelishidan oldin ham yaxshi bilganini aytib o'tdi.«Ibrahimovichda havas qilgulik texnika bor edi. Men „Yuventus“ga bosh murabbiy bo'lganimda rahbariyatdan Zlatanni olib kelishni so'radim. Men uni 1 yil oldinroq, „Roma“ bosh murabbiyi ekanimda ham o'z jamoamda ko'rishni istagandim, ammo o'shanda bizda Totti, Kassano, Batistuta, Montella va Delvekkio kabi yuqori saviyali hujumchilar bor edi.„Yuventus“dagi ilk mashg'ulotlardan keyin men Zlatanning zarbasi o'ylaganimdan kuchsizroq ekanini payqadim. Ha, u bosh bilan o'ynashda ham qoyilmaqom emasdi. U ko'proq sheriklariga pas berishni xush ko'rardi. Men esa u hujumni yakunlashda tez va hal qiluvchi qaror qabul qila olishga o'rganishini istadim.Unda texnik salohiyat yuqori edi, xuddi van Bastenda bo'lganidek. Men Zlatanni Markoning videolarini ko'rishga majburladim. Undan van Basten jarima maydoni ichkarisida qanday harakatlanishini va qanday qilib gollar urishini diqqat bilan kuzatishini so'radim. Ibra barchasini to'g'ri tushundi. Uning natijalari bunga dalil.Zlatan o'zini takomillashtirish uchun kuniga ikki marta qattiq shug'ullanardi. U o'zi bilan faxrlanardi. Unga eng zo'ri bo'lish yoqardi», — degan Kapello Mediaset Premium efirida.


Комментарии (0) | Добавить: 11.11.2016
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»

Sochlarni qanday qilib to‘g‘ri quritish kerak?
Shavkat Mirziyoyev Bosh prokuraturaga dori masalasini tanqidiy o‘rganishni topshirdi
«Barselona» Maskeranoning ketishini e’lon qildi
Rossiya shaharlariga qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
40 yosh ostonasidagi Rayhon: “Sizda oila yo'qmi, demak, hech narsangiz yo'q”
Toshkent viloyatida 38 mln so'mlik otlar o'g'irlab ketildi
Jahon chempionati kubogi O‘zbekistonga 6-fevralda keladi
«Facebook» yangi vaqt o‘lchov birligini yaratdi
Qur`oni karim lotin alifbosida ham chop etiladigan bo'ldi
Nokia besh kamerali smartfon ishlab chiqarmoqda
Osiyo chempionati dastlabki finalchisi aniq bo'ldi
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xorijda ishlash istagida bo'lganlarga murojaat qildi
Orol dengizi suvida faqat bitta jonzot omon qoldi
Suvni qachon ichgan ma`qul: ovqatgacha, undan keyin yoki ovqatlanish davomida?
Rasman: O‘zbekistonda «Real Madrid» klubining futbol maktabi ochiladi
Ta’tildan qaytgach, ishga kirishish qiyin bo‘ladi. Nima qilish kerak?
Milliy xavfsizlik xizmati faoliyati ustidan Parlament nazorati mexanizmlari belgilanadi
Ulug‘bek Qodirov yangi qiyofada. Xiva xonligi bosh vazirining sirli o‘limi haqida film suratga olinadi
Toshkentda 6 kishi bir kishini temir va yog‘och bilan urib tashladi
«GM Uzbekistan» «Chevrolet Orlando» ishlab chiqarishni to‘xtatmoqda
Xitoyda sog'lom uyqu uchun antiqa karavot yaratildi
Suares «Barselona» tarixiga kirdi
O'zbekistonda o'lcham birliklari tartibga solinadi
Eronning eng yirik zamonaviy harbiy kemasi ikkiga bo'linib ketdi
Video: Prezident Shavkat Mirziyoyevni bir kuni
O‘zbekistonda anomal issiq havo harorati kuzatilmoqda
Neymarning o'rnini bilintirmayotgan futbolchi
Facebook o'z lentasida OAV yangiliklarini kamaytiradi
G'ijduvon va Urgutda Qur`on musobaqasi g'oliblari aniqlandi
Eron Turkiyaga ultimatum qo'ydi