У нас есть только
оригинальные песни

Kapello: Pele, Maradona va Messi - futbol tarixidagi eng buyuk 3 futbolchi

calendar 08.11.2016
1406

Italiyalik taniqli mutaxassis Fabio Kapello «Barselona» hujumchisi Lionel Messining o'yinidan hayratlanishini yashirib o'tirmadi.

U bu argentinalik futbolchini futbol qirollari Pele hamda Maradona bilan bir qatorga qo'yishini bildirgan.

Bundan oldinroq «Sevilya» bosh murabbiyi Xorxe Sampaoli Ispaniya chempionatining 11-turida «Barselona»ga qarshi kechadigan uchrashuv oldidan «Oltin to'p»ni ikkita qilish kerakligi, birini Messi uchun, ikkinchisini qolgan futbolchilar uchun ta`sis qilish kerakligini aytib o'tgandi. Uchrashuvda Sampaoli shogirdlari hisobni ochgan, keyinroq Messi bir gol urib va bir golga uzatma berib, jamoasi g'alabasini ta`minlagandi.

«Sampaolining gapiga qo'shilaman, «Oltin to'p» ikkita bo'lishi kerak. «Sevilya»ga qarshi o'yinda ko'rganlarimiz - bu futbolning eng yuqori saviyasi.

Pele, Maradona va Messi - futbol tarixidagi uchta eng buyuk futbolchilardir. Odamlar ularning o'yinini ko'rganlarida tik turib qarsak chalganlar va chalmoqdalar. Ko'rsatayotgan o'yini uchun Messiga rahmat», deya Kapelloning so'zlarini keltirgan  A Bola.

Яндекс.Метрика