У нас есть только
оригинальные песни

Karikatura: Ronaldu va Messi har doim birga!

calendar 01.07.2018
1246

Kecha, 30-iyun sanasida futbol bo‘yicha Rossiya maydonlarida bo‘lib o‘tayotgan Jahon Chempionatining ilk chorak finalchilari ma’lum bo‘ldi. Messi boshliq Argentina nimchorak finalda Fransiyaga mag‘lub bo‘lgan bo‘lsa, Ronaldu va uning Portugaliyasi Urugvay to‘sig‘idan o‘ta olmadi. Shu tariqa so‘nggi 10 yillikning eng kuchli ikki futbolchisi ham mundialni erta yakunlaydigan bo‘ldi. Taniqli futbol karikaturachisi Omar Momani esa mana shu holatni o‘zining navbatdagi ishida tasvirladi.

Momani bejiz ikkala futbolchini ham echkiga qiyoslamagan. Sababi Krishtianu Ronaldu mundialga yaqin qolgan soqol qo‘yib, bu unga omad keltirayotganini ta’kidlagandi.

Lionel Messi esa mundialdan oldin echkilar bilan suratga tushib, ancha shov-shuv ko‘targandi. Bu holat esa Diyego Maradonaning tanqidiga uchragandi.

Яндекс.Метрика