У нас есть только
оригинальные песни

Karim Benzema o'z orzusi haqida gapirdi

calendar 18.10.2022
269

Kecha «Oltin to‘p» bilan taqdirlangan Karim Benzema ajoyib nutq so‘zladi. Aytishicha, 30 yoshga to‘lganidan buyon doim «Oltin to‘p» haqida o‘ylagan.
"O‘zimga o‘zim yetakchi bo‘la olasan, derdim, chunki dunyoning eng yaxshi klubida, «Real»da o‘ynayapsan. 21 yoshimda hozirgidek ko‘tarinkilik menda yo‘q edi. Og‘ir damlarni o‘tkazdim, ayniqsa, sheriklarim terma jamoalariga ketishganida, «Real» bazasida qolib shug‘ullangan paytlarim"

Qirollik klubining sardori futbolda hali qiladigan ishlari ko‘pligi va ulardan birinchisi Qatarda bir oydan keyin bo‘lishini yashirmadi.

"Orzu-istaklarim ko‘p, ularni hech qachon yashirmaganman. Fransiya terma jamoasi bilan jahon chempionatini hech qachon yutmaganman. Shu orzuimni amalga oshirishim kerak. Birinchi maqsadim shu — jahon chempionatiga borish va uni yutish uchun bor imkoniyatimni sarflash"

Fransiya terma jamoasi Qatar-2022 da D guruhida Avstraliya, Daniya va Tunisga qarshi bahslarda qatnashadi. Fransuzlar birinchi o‘yinni 23-noyabr kuni avstraliyaliklarga qarshi o‘tkazishadi.
Яндекс.Метрика