У нас есть только
оригинальные песни

Kataloniya jamoatchilik tashkilotlari 3-oktabr kuni yalpi ish tashlash o‘tkazmoqchi

calendar 02.10.2017
862

Kataloniya jamoatchilik tashkilotlari va kasaba uyushmalari rahbarlari 3-oktabr kuni yalpi ish tashlash o‘tkazishga chaqirdi, deb yozadi “Kommersant”.

Shu tariqa ular politsiyaning mustaqillik haqidagi referendum ishtirokchilariga nisbatan shafqatsiz choralariga qarshi chiqmoqchi.

Bundan tashqari, Kataloniya hukumati Yevroittifoqqa murojaat qilib, referendum chog‘ida inson huquqlari buzilgani haqidagi masalani ko‘rib chiqishni talab qilmoqchi. Bu haqda Kataloniya hukumati rahbari Karles Puchdemon ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, Kataloniya hukumatining rasmiy vakili Jordi Turul Barselonadagi matbuot anjumanida referendum ishtirokchilarining 90 foizi Ispaniyadan ajralib chiqish uchun ovoz berganini ma’lum qildi.

Kataloniya hukumatining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, 1-oktabr — hudud mustaqilligi haqidagi referendum o‘tkazilgan kunda — politsiya bilan to‘qnashuvlar natijasida 844 kishi jabrlandi.

Яндекс.Метрика