У нас есть только
оригинальные песни

Kataloniyada Ispaniya qiroli persona non grata deb e’lon qilindi

calendar 25.10.2017
1265

Ispaniya qiroli Filipp VI Kataloniyaning yirik shaharlaridan biri Jironada persona non grata deb e’lon qilindi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Mazkur qaror 24-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan sessiyada qabul qilingan. Qayd etilishicha, qaror Ispaniya qirolining Kataloniya mustaqilligi haqidagi referendum yuzasidan hukumat pozitsiyasini qo‘llab-quvvatlagani asosida qabul qilingan.

Sessiyada Qirol Filipp VI ni persona non grata deb e’lon qilishni yoqlab ko‘pchilik ovoz bergan.

Bundan tashqari, xuddi shunday qaror Ispaniya hukumati vakili Enrik Milloga nisbatan ham qabul qilingan.

Яндекс.Метрика