У нас есть только
оригинальные песни

Kechiktirib bo'lmaydigan tibbiy yordam ko'rsatishni rad etganlik uchun qanday jarima belgilanadi?

calendar 22.02.2018
987

Qonun hujjatlari ta`sirini baholash tizimi portalida Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan Ma`muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksga tuzatishlar loyihasi joylashtirilgan, deb xabar bermoqda Norma.uz.

Eslatib o'tamiz, prezidentning 25.01.2018 yildagi PQ–3494-son qarori bilan Sog'liqni saqlash vazirligiga tibbiyot muassasalari rahbarlarini hayot yoki salomatlik uchun xavf tug'diruvchi holatlarda bo'lgan shaxslarga shoshilinch va kechiktirib bo'lmaydigan tibbiy yordam ko'rsatishni asossiz ravishda rad etilgani uchun javobgarlikka tortishni nazarda tutuvchi o'z takliflarini Hukumatga kiritish topshirilgan edi.

Qonun loyihasiga binoan, MJTKga mazkur huquqbuzarlik uchun javobgarlikni belgilovchi 591-modda kiritiladi. Uni sodir etganlik uchun ma`muriy jarima EKIHning 5 baravaridan 10 baravarigacha (ya`ni amaldagi miqdoriga ko'ra 861 200 so'mdan 1 722 400 so'mgacha) bo'lgan miqdorni tashkil etadi.

Loyiha o'zgartirilishi, unga qo'shimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

Яндекс.Метрика