У нас есть только
оригинальные песни

Kelajak oziq-ovqati: 10 yildan keyin dunyo ahli nima tanovul qiladi

calendar 18.04.2018
1814

Kelajakda sayyoramiz aholisi yanada ko'payadi, oziq-ovqat esa kamayib boradi. Shu sababli olimlar hozirdanoq laboratoriyalarda yangi mahsulotlarni yaratishga urinmoqdalar. Kelajakda odamlar o'zlariga ziyon yetkazmagan holda qanday mahsulotlarni iste`mol qilishlari mumkin bo'ladi? 

Quyida kelajak oziq-ovqat mahsulotlari haqida ma`lumotlar berilgan.

Sun`iy go'sht

2013 yilda laboratoriyada yetishtirilgan go'shtdan tayyorlangan kotletali burger 300 ming dollardan qimmatroq turgan, hozir esa uning narxi 10 dollardan sal oshadi. Olimlar sun`iy go'sht yana ham arzonroq bo'lishi va uni jahon bozoriga yaqin o'n yillikda olib chiqish uchun uni yaratish texnologiyasini takomillashtirib bormoqdalar.

Go'shtning laboratoriyalarda yetishtirilishi uslublaridan aksariyati qon zardobidan olingan haqiqiy tirik hujayralarni qo'llashni nazarda tutadi. Bioreaktorda hujayralardan mushaklar shakllantiriladi, aynan shu mushaklar go'shtga asos bo'ladi. 

Ishlab chiqaruvchilarning aytishicha, sun`iy go'sht bir qator ustunliklari tufayli talabgir mahsulotga aylanishi mumkin: u tabiiy go'shtnikidan yomon bo'lmagan ta`mga ega va arzon turadi. 

O'simliklardan tayyorlanadigan tuxumlar

Bunday tuxumlar o'simlik komponentlaridan tayyorlanadi va bugungi kunda AQSh supermarketlarida sotilmoqda. Bu tuxumlarni asosan vegetarianetslar iste`mol qilishadi. Bunday tuxumlar ishlab chiqaruvchilarining ta`kidlashicha, ular haqiqiy tuxumlardan foydaliroq va mazaliroq.   

Bu antiqa mahsulot faqatgina vegetarian oziq-ovqatni iste`mol qila oladiganlar uchun quymoq tayyorlash, pishiriq pishirish, mayonez va boshqa qaylalarda tuxum o'rnini bosa oladi.

3D-printerda bosilgan yegulik

Bugungi kunda yeguliklarni nafaqat qaynatish yoki qovurish, balki 3D-printerda bosib chiqarish mumkin – axir bu juda tez, qulay va antiqadir. Bunday g'oya anchadan beri mavjud va olimlar yaqin kelajakda bunday qurilmalar har bir oshxonada paydo bo'lishini prognoz qilishmoqda.

Ayni vaqtda 3D-printerda yegulik bosish ko'p vaqt olmaydi. Misol uchun, shokoladli desertni tayyorlash uchun 10 daqiqacha vaqt ketadi.

Nafas orqali iste`mol qilinuvchi yegulik

Garvard olimi nafas olish orqali iste`mol qilish mumkin bo'lgan kofein va shokoladni yaratib, o'zining mahsulotlar qatorini chiqardi. Ular orasida AeroShot Pure Energy (kofein + vitamin V) va Le Whif (nafas orqali iste`mol qilinuvchi shokolad, kaloriyasiz) kabi mahsulotlar bor.

Molekulyar yegulik

Molekulyar oshxona bu o'ziga xos pazandalik fenomeni bo'lib, mahsulotlarning molekulyar xususiyatlari va noyob texnologiyalarni qo'llash haqidagi bilimlarga asoslangan. Bunday oshxona aqlbovar qilmas ta`mlarni beradi: likopchada mevali jyele turibdi-yu, biroq ta`mi xuddi qulupnaynikidek.

Bosh oshpazlar olimlar kabi shpritslar bilan ishlab, ekstremal haroratlar, misol uchun minus 196 darajadan foydalanadilar. Bunda bodringdan jyele, zaytun moyidan ko'pik tayyorlash, tomat sokini esa oq rangga bo'yash mumkin. Oziq-ovqatlar bilan bunday “nayranglar” ularning kimyoviy teksturalariga bog'liq bo'ladi. 

Xabarni ulashing

Яндекс.Метрика