У нас есть только
оригинальные песни

Kelin-kuyovlar quchoqlashib valsga tushyapti: bu XXI asr talabimi yoki fojiasi?

calendar 14.01.2017
3157

o'yxonaga oppoq liboslarda shahzodayu malika bo'lib kelin bilan kuyov kirib kelishdi.  Kelin salom qilish maqsadida bir oz egilar ekan, hijolatdan kattalarning nigohi yerga qadaldi. Atrofdan: “Juda ochiq kiyinibdi”, “Etagini uzun qilgandan ko'ra yelkasiga tashlasa bo'lar ekan”, degan dashnomlar quloqqa chalinardi. 

Kelin-kuyov to'rdagi o'rindiqlarga borib o'tirishdi. Kuyov kresloda yastanib o'tirar ekan, huddi “Mana ko'rib qo'yinglar, mening malikamni”, deyayotgandek edi.  Jo'ralar, hatto to'yga kelgan aksar erkaklarning nigohi shohsupada  malikalarday o'tirgan (aslida malikalar sira ham bunday ochiq-sochiq kiyinishmaydi!) xushsurat kelinga qadalgan... Kelin yuzini ochib, bemalol o'tirdi. Ammo men o'ylar iztirobida qiynalardim... Axir harir parda ortidagi chehrani, bu nozik vujudni ko'z-ko'z qilish aslo mumkin emas.

To'yni og'riqli o'ylar ila kuzataman. Ketma-ket kelgan taniqli xonandalar qo'shiqlaridan davra yoshlar diskoteka zaliga aylandi-qoldi. Hatto kelin-kuyovni ham davraga olib chiqishdi. Hind seriallarida kuylanadigan qo'shiqqa hamohang kelin-kuyov quchoqlashib valsga tushishdi. Bu manzarani qanday izohlash mumkin?! Hammaning nazari ikki yoshda. Atrofni o'rab olgan yigitlarning qiy-chuvi... So'ng kelin otasi bilan, keyin qaynotasi bilan ham raqsga tushdi... Qani sharqona odob-axloq, ibo-hayo?! Buni oddiy holatdek qabul qilayotganlarning oriyati, hamiyati qayerda qoldi?

Qizimizni turmushga uzatarkanmiz yoxud o'g'limizni uylantirarkanmiz, hayotining oila deb atalmish varag'ini chiroyli odob-axloq, hayo-andisha bilan ochishida biz, kattalar to'g'ri saboq beraylik. Zero, millatimizning o'ziga xos odobi, andishasi, mehr-muruvvati, iffati bor. Shuni aslo unutmaylik.
 
Munira ABUBAKIROVA,
O'zbekiston musulmonlari idorasi xodimasi
Manba: O'zbekiston Musulmonlari idorasi rasmiy veb portali

Яндекс.Метрика