У нас есть только
оригинальные песни

KELMAYAPSANKU...

calendar 17.09.2012
2711

KELMAYAPSANKU...

Har kun qalbim orqasiga botadi quyosh.
Hart un yupun tuyg’ularim sovuq qotadi.
Iqbolingga o'ch ko’zlarim to’kib achchiq yosh
Manglayimning etagida behol yotadi.
Kelmayapsanku.

Ba’zan sog’inch bulutlari chaqmoq chaqadi.
Shulasida qidiraman seni jismimdan.
Ba’zan chehrang kaftlarimda kulib boqadi.
Xatto isming yaxshi ko’rib qoldim ismimdan.
Kelmayapsanku.

Huvillagan hiyobonda umrim o’tmoqda,
Quvlashgancha sendan qolgan xotira bilan.
Tafting olgan yuzlarimga tonglar otmoqda.
Tongda turib, qarog’larim aytsa ham o’lan,
Kelmayapsanku.

Barmoqlarim qaltiraydi allaqachondan,
Sochlarimga erta bahor yog’ib qo’ygan qor.
Dovullarda meni tashlab sen ketgan ondan
Bechora dil qaqshamoqda sensiz horu zor.
Kelmayapsanku.

Voz kechaymi ardoqlagan atirgulimdan?
Sen yaratgan Istak bog’in payhon etaman.
Kechirasan, boshqa narsa kelmas qo’limdan
Sen bo’lmasang, bu dunyoda yashab netaman?
Kelmayapsanku.
Яндекс.Метрика