У нас есть только
оригинальные песни

Kembrij universitetida dunyodagi eng mitti dvigatel yaratildi

calendar 03.05.2016
730

Kembrij universiteti olimlari dunyodagi eng mitti dvigatelni yaratdi, deya xabar beradi “RBK”.

Proceedings of the National Academy of Sciences nashrida e’lon qilingan tadqiqotda ta’kidlanishicha, qurilma inson tanasida harakatlanishi mumkin bo‘lgan nanorobotlar, jumladan, tibbiyot botlarini boshqarishi mumkin. Unga “Harakatga keltiruvchi nanoo‘zgartiruvchi” deya nom berilgan bo‘lib, nanobotlarni avtomobil dvigatelidagi porshen kabi boshqarishi mumkin, faqat milliardlab marotaba kichik miqyosda.

Qurilma maxsus polimer gel bilan qoplangan, inson soch tolasidan ming marotaba ingichka bo‘lgan taxminan 0,06 mikron hajmidagi oltin nanozarralarni o‘z ichiga olgan. U vazniga nisbatan har qanday motor yoki mushakka qaraganda bir necha yuz karra qudratliroq kuchni keltirib chiqarishga qodirligi bildirilmoqda.

Яндекс.Метрика