У нас есть только
оригинальные песни

Keniyada plastik paketlardan foydalanganlik uchun 4 yillik qamoq jazosi joriy etildi

calendar 29.08.2017
1136

Keniyada parchalanmaydigan plastik paketlardan foydalanishni cheklovchi dunyodagi eng shafqatsiz qonun kuchga kirdi. Bu haqda Sky News xabar berdi.

Taqiq paketdan foydalanish, uni tayyorlash va import qilishga qo‘llaniladi. Qonunni buzgan jismoniy va yuridik shaxslarga 38 ming dollargacha jarima va to‘rt yilgacha qamoq jazosi qo‘llaniladi. Istisno faqat sanoat maqsadida qoplar ishlab chiqaruvchi kompaniyalarga qo‘llanilgan.

Hukumat og‘ir ekologik holat sababli bunday qattiq chora qo‘llashga majbur bo‘ldi. Keniyada har yili taxminan 100 millionta paket sotilgan yoki tarqatilgan. Natijada ko‘plab shaharlarning ko‘chalari chiqindili paketlar bilan to‘lib ketdi. Tabiiy muhitda plastikning yemirilishi uchun 500 yildan 1000 yilgacha vaqt ketadi.

Bundan tashqari, okeanga katta miqdorda tashlangan paketlar baliqlar, toshbaqalar va qirg‘oqbo‘yida yashovchi qushlar va boshqa hayvonlarning o‘limiga sabab bo‘lgan. “Agar shu tariqa davom etsak, 2050-yilda okeanda baliqlardan ko‘ra plastik ko‘proq bo‘ladi”, — deb ta’kidlagan Keniyada atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha BMT dasturi koordinatori Habib al-Habr.

Taqiq kiritilganidan so‘ng Keniya qonuniy darajada plastik paketlardan foydalanish taqiqlangan dunyodagi 40-davlatga aylandi.

Яндекс.Метрика