У нас есть только
оригинальные песни

«Kerak bo'lsa stolbani ham olib borib qamardi». Prezident yana MXXning kirdikorlari haqida gapirdi

calendar 18.02.2018
2231

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16 fevral kuni Buxoro viloyatining Peshku tumanida o'tkazilgan viloyat faollari bilan uchrashuvda ham Milliy xavfsizlik xizmatini tanqid ostiga olgan. Bu haqda «Ozodlik» radiosi xabar bermoqda.

Ungacha Prezident 19 yanvar kuni Qiziriq tumani hokimligida Surxondarë viloyat faollari bilan o'tkazilgan uchrashuvda MXX raisining uch muovini va o'nlab zobitlari ishdan olinganini ta`kidlab o'tgan edi.

Prezidentning aytishicha, MXXning Buxoro viloyatidagi xodimlari ham ko'plab adolatsizliklarga yo'l qo'ygan, gunohsiz tadbirkorlarni olib borib qamagan.

Prezident so'zlari yozilgan audiofaylni o'sha majlisda ishtirok etgan faollardan biri radioga taqdim etgan.

Shavkat Mirziyoyevning majlisda aytishicha, vakolat doirasidan chetga chiqib ketgan MXX xodimlarining faoliyati Buxoroda ham noroziliklar oshishiga sabab bo'lgan:

«Barcha rahbarlar xotirjamlikka berilmasdan ko'zini kattaroq ochadigan vaqt keldi. Ayniqsa, shuto'rtta rahbar, hozir beshinchisi ham qo'shilgan. Bizda bitta tashkilot bor: milliy xavfsizlik deganjanoblar bor. Sizlar hammalaring bilyapsizlar, qanaqa o'zgarishlar O'zbekistonda bo'lyapti. Bittadavlatning idorasiga shuncha vakolat berish, bu umuman davlatga bo'lgan qip-qizil xiyonatchilik. Shuning uchun Buxoroda ham norozichilik. Menga kelgan xatlar (mualliflari) juda norozi. Tadbirkorlarni boshini yegan o'sha tashkilotlar hali ham bor», — deydi Prezident.

Prezidentning aytishicha, uning qo'lida MXXning Buxorodagi jinoyatlari haqida yetarli dalillar bor:

«Buxorodan menda juda ko'p manba bor. Tadbirkorlarni aybsiz qamagani, qanday qiynagani, rasmlari ham bor menda. O'sha ishni qilgan tergovchilarning hammasining familiyasi bor. Xudo xohlasa, sog'-salomat yursak, vaqt keladi, televizorda ko'rasizlar. Ularni ham xuddi shu kuyga soldiraman. Nima uchun, adolat bo'lishi kerak. Yigirma yil bo'lsa, yigirma yil qamaladi», — deydi Prezident.

Shavkat Mirziyoyevning aytishicha, MXX dastidan juda ko'p tadbirkorlar Buxoroni tark qilishga majbur bo'lgan:

«Bitta salgina ko'kargan odamni taging kim — otang kim, onang kim, deb tekshiraverib, hammani o'ldirdiHamma ishbilarmon Buxorodan ko'chib ketdi. Boshqa davlatlarda, boshqa yurtlarda, boshqa shaharlarda sarson-sargardon bo'lib yuribdi. Bu ham haqiqat. Shuning uchun bu janoblarni ham joyiga qo'yib, mana o'tiribdi ko'pi yerga qarab. Bular bunday majlislarga kelmas edi, bular go'yoki o'zlari o'-o'-o' kattakon edi. Bularni xuddi ota-onasidan qolgan bir vakolati borday, amir Olimxon ham tug'ilganda bularga buncha vakolat bermas edi», — deydi Prezident.

MXXga berilgan cheksiz vakolatni tanqid qilgan prezident, tizim faoliyatini o'tgan asrning 30-yillaridagi qatag'onga solishtirdi:

«Bularga hech kim bunday vakolat bermagan, lekin o'zlari oldi. Agar adolat kerak bo'lsa, mana shu adolatni, albatta, qonun ustivor bo'ladimi, jazo muqarrar bo'ladimi, tartib bundan ham qattiq bo'ladi, lekin adolatli bo'ladi. Bitta pogon kiygan noinsoflarga birorta davlatda unday vakolat berilmaydi. 37-yil ham bunday bo'lmagan. Shuning uchun hamma narsa joy-joyiga tushadi, men hozir aytmoqchi emasman, ularning ko'pi qonun oldida javob berishni boshladi. Bulbulday sayraydi, bulbulchadek. Hali kirgan yo'q ular, ko'p fuqarolarni kirgizgan joyiga», — deydi Prezident.

Shavkat Mirziyov MXXni «quturgan it»ga qiyoslab, ular «kerak bo'lsa stolbani ham qamashini» aytadi:

«Mana bir-ikkitalari umrbod qamoqqa ketdi, hamma pogonini olib tashladik. Bularni ham shunday qilamiz, nega desangiz, eng yomon illatli tashkilot Surxondaryo bilan Buxoroda bo'lib, bular juda quturgan edi. Kechirasizlar, qo'polroq bo'lsa ham. O'tiribdi, mana, shu tashkilotning rahbarlari. Hech yoqqa bormaydi bular endi, shunday ishlaydiki, o'h-ho', ko'rasiz hali. Buxoroda boshlayapmiz tozalashni, Buxoroda bu tashkilot quturgan it edi. Xohlagan odamni nima qilsa, qilardi. Kerak bo'lsa, “stolba”ni ham olib borib qamardi. Adolatni baribir o'rnatamiz. Mana uch-to'rttasining jilovini ushlab ichkariga kirgizuvdik, o'n kun bo'lgani yo'q, kim topshiriq bergan, nima qilgan, Buxoro to'g'risida, bulbulday sayrayapti», — dedi Shavkat Mirziyoyev 16 fevral kuni Buxoro viloyatining Peshku tumanida viloyat faollari bilan bo'lgan uchrashuvda.

 

Яндекс.Метрика