У нас есть только
оригинальные песни

Keti Perri eng ko‘p daromad oladigan ayol musiqachi deb tan olindi

calendar 05.11.2015
1613

Forbes jurnali eng ko‘p daromad oladigan ayol musiqachilar reytingini tuzdi, deya xabar bermoqda "RBK”.

Unda xonanda Keti Perri 135 million dollarga teng yillik daromad bilan yetakchilik qildi. Bunga Perri Prismatic World Tour turi hamda Coty va CoverGirl kabi kosmetika brendlari bilan tuzilgan shartnomalar tufayli erishdi.

Teylor Svift "1989” nomli albomi 8,6 millionta nusxada sotilgani va dunyo bo‘ylab turnesini boshlab yuborganiga qaramay, 80 million dollar daromad bilan ikkinchi pog‘onada joylashdi. Taqqoslash uchun, Perrining 2013-yilda chiqarilgan so‘nggi albomi Prism ayni paytgacha taxminan 4 millionta nusxada sotilgan.

Uchinchi o‘rinni Fleetwood Mac guruhi egalladi, uning tarkibida erkaklar ham bor. Biroq ikki nafar solist qiz tufayli guruh reytingga kiritildi. Uning yillik daromadi 59,5 million dollarni tashkil etdi.

Yuqori beshlikni Lady Gaga (59 million dollar) va Beyonse (54,5 million dollar) yakunladi.

Яндекс.Метрика