У нас есть только
оригинальные песни

Ketsang - yuragimni qoldirib ketgin!

calendar 24.10.2011
4819


Ne qilay ayt, sensiz yashay olmasam,
O'zgalardan qizg'anmasdan turolmasam?
Qaysar yurakni o'zgasiga alishtirolmasam,
Ketar bo'lsang, yuragimni tashlab ketgin!

Tushun, bir umr armon ila yashay olmayman,
O'zgalar ila bo'lsang mamnun, qarshilik ham qilolmayman.
Seni sevgan yurakni o'zim bilan olib qololmayman,
Ketar bo'lsang yuragimni tashlab ketgin!

Men sevgan qo'llaring quchganda o'zgani,
Qaynoq lablaringdan parilar olganda bo'sa,
Beg'ubor yuraging sevganda bo'lakni,
O'tinaman yuragimni tashlab ketgin!

Quvonch to'la ko'zlaringda porlaganda baxt,
Go'zal malak bilan qilganingda axt.
Menga rahm qil, ozor berma ox!
Hasta yuragimni tashlab ketgin!

Meni sensiz tashlab ket mayli,
Yurakni ham g'arq et baxtsizliklar domiga,
Ammo yuraksiz qoldirma meni,
Yolvoraman, yuragimni tashlab ketgin!

Mayli osmonimni qoldir yulduzsiz,
Tunga g'arq et umrimni, qolay kunduzsiz,
Xayr ham dema! Ketaver so'zsiz,
Ammo hasta yurakni qoldirib ketgin!

Gullarga o'rama, keraksiz yurakni,
Bajo ham aylama qalbdagi tilakni,
Shunchaki xarobaga ulaqtir mayli,
Qoldirsang bo'lgani, tashlab ketgin yurakni!

Roziman, baxt ham tilama!
Xolimga achinma, yig'lama - sixtama!
Ortingga ham qaraman, aslo to'xtama,
Ammo hasta yuragimni qoldir o'zimga!

Muhabbat deya quchganim sarob,
Og'ulari bisyor ekan, kutgandim sharob,
Endi boq holimga, shu qadar xarob,
Ketsang gar yuragimni qoldirib ketgin!

Ket roziman! Qaytma hech qachon,
Yoringga parvona bo'laver har on,
Ketsangda ko'ksimda "dukkullab" tursin jon,
Berahm, rahm aylab qoldir o'zimda yuragimni.

Ishon, ortingdan hecham izlab bormayman,
Nafrat ila boqsam ham, men Xudoga solmayman,
Ammo yuraksiz bir on yashay olmayman,
Yolvoraman, tashlab ketgin hasta yurakni!

Sendan dunyo davlatin so'ramayapman,
Yomon so'zlar ila qarg'amayapman,
Hatto o'zim tomon ham chorlamayapman,
Bor yo'g'i o'z yuragimni qaytarib bergin!

Gullardan yaralgan bog'lar kerakmas,
Ertakdagi shahzodayu, otlar kerakmas,
Senga esa yoring kerak, yotlar kerakmas,
Ketar chog'ing yuragimni qoldirib ketgin!

O'tli nigohing muhabbatla boqmasin ko'zimga,
Aslo intiq ham bo'lma aytar so'zimga,
Bir bor qaramasang ham mayli yuzimga,
Faqat bemor yuragimni qoldir o'zimga!

Ayblamayman seni aybdor o'zim,
Ko'r bo'lsa bo'lmasmidi bu ikki ko'zim,
Ortiq so'ylamasman, shu so'nggi so'zim,
Hastagina yuragimni qoldirib ketgin!

Ket! Ket! Ortga qaytmagin,
Ammo bu o'tinchlarimni o'zgalarga aytmagin,
Bir umrga eslama, izlama, topmagin!
Faqat, hasta yuragimni qaytarib bergin,
Yolvoraman, yuragimni qaytarib bergin!
Яндекс.Метрика