У нас есть только
оригинальные песни

Keyingi haftadan O'zbekistonda havo harorati 5-7 darajaga sovib, yog'ingarchiliklar kuzatiladi

calendar 02.10.2015
2076

Navbatdagi hafta avvalidan O'zbekistonning ayrim hududlarida qisqa muddatli yomg'irlar qayd etilib, havo harorati o'rtacha 5-7 darajaga pasayadi. Bu haqda O'zbekiston Gidrometeorologiya markazi xabar berdi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatilarida 3-5 oktyabr kunlari o'zgaruvchan ob-havo kuzatilib, ayrim tumanlarda qisqa muddatli yomg'ir yog'ishi mumkin. 3-4 oktyabrdagi havo harorati kechasi 10-15, kunduzi 25-30 daraja atrofida bo'ladi. 5-6 oktyabrga kelib esa kechasi 7-12, kunduzi 18-23 darajagacha iliq bo'ladi.
Andijon, Namangan, Farg'ona viloyatlarida ham taxminan shunday harorat kuzatiladi. Biroq sinoptiklar ushbu viloyatlarda yog'ingarchiliklar bo'lishini ma'lum qilmadi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham kelgusi hafta avvali yog'ingarchiliklarsiz o'tishi kutilmoqda. 3-5 oktyabrda havo harorati kechasi 10-15 daraja, kunduzi 25-30 daraja atrofida bo'ladi. 5-6 oktyabrdan esa kechasi 7-12, kunduzi 20-25 daraja atrofida bo'ladi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatida 4-6 oktyabr kunlari kunduzgi harorat 15-20, kechkisi 5-10 darajaga qadar pastlashi kutilmoqda.
Shuningdek, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida 5-6 oktyabrdagi havo harorati kunduzi 22-27, kechasi 8-13 daraja atrofida bo'lishi bashorat qilindi. Ushbu hududlarda yog'ingarchiliklar haqida xabar qilinmadi.
Mamlakatimizning tog'li hududlarida 3-5 oktyabr kunlari yog'ingarchiliklar ehtimoli baland. Harorat 3-4 oktyabr kechasi 7-12, kunduzi 17-22 daraja, 5-6 oktyabr kunlari esa kechasi 3-8, kunduzi 11-16 daraja atrofida iliq bo'ladi.
Яндекс.Метрика