У нас есть только
оригинальные песни

Keyt Uinslet ikkinchi plandagi eng yaxshi aktrisa sifatida «Oltin globus» mukofotini oldi

calendar 11.01.2016
1259

Britaniyalik aktrisa Keyt Uinslet «Stiv Jobs» kartinasidagi ijrosi uchun ikkinchi plandagi eng yaxshi aktrisa sifatida «Oltin globus» mukofoti bilan taqdirlandi.

Qayd etish kerakki, Keyt Uinslet 73 marta o'tkazilgan marosim tarixida to'rtinchi marta shu mukofotni qo'lga kiritdi. U bilan g'oliblik uchun Uzo Aduba, Judit Layt, Regina King, Joann Froggatt va Mora Tirni kabi aktrisalar raqobat qilishgandi.

Aktrisa bu safargi mukofotini «Stiv Jobs» filmidagi Joanna Xoffman roli ijrosi (Apple asoschilaridan biri) uchun oldi. U bundan oldin, 2009 yilda «O'zgarishlar yo'li» filmidagi ijrosi uchun «Oltin globus» bilan taqdirlangandi. Uinslet 2008 yilda «O'quvchi» (The Reader) filmidagi bosh rol ijrosi uchun «Oskar» mukofotini olgandi.

«Oltin globus» (Golden Globe Award)kino va televidenie sohasidagi nufuzli mukofot sanalib, 1942 yilda ta'sis etilgan. Mukofot jami 25 nominatsiya bo'yicha g'oliblarga beriladi: 14tasi kino sohasida, 11tasi televidenie.

Яндекс.Метрика