У нас есть только
оригинальные песни

Keyt Uinslet o‘zining “yangi” yuzi bilan ommani lol qoldirdi

calendar 20.06.2015
3473

Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan "Kichik tartibsizlik” filmi taqdimotida ancha go‘zallashgan 39 yoshli Keyt Uinslet ommani lol qoldirdi, deb xabar beradi "Segodnya.ua” The Daily Mail ma’lumotlariga tayanib. Foto: EPA Foto: EPA 18 oy avval o‘g‘lini dunyoga keltirgan Keyt uch nafar farzandning onasidir. Gap faqat uning homiladorligi va undan keyin orttirgan ortiqcha vaznini yo‘qotganligida emas. Muxlislarning undagi bu o‘zgarishlar "go‘zallik ukoli”ning hissasi ekanligi to‘g‘risidagi taxminlarini mutaxassislar ham tasdiqladi. Ularning ishontirishicha, kosmetologlar uning qosh sohasi, labi va ko‘zi atrofida ish olib borgan. Uinslet o‘zining hozirgi ko‘rinishiga hech qanday sharh bermadi, shuningdek muxlislarining ijtimoiy tarmoqlar orqali bergan savollarini ham javobsiz qoldirdi.
Яндекс.Метрика