У нас есть только
оригинальные песни

KHDRda Kim Chen In buyrug'iga binoan 2 amaldor pulemyotda otib tashlandi

calendar 30.08.2016
1673

KHDRda mamlakat Yetakchisi Kim Chen In buyrug'iga binoan 2 nafar yuqori mansabli amaldor omma oldida qatl etilgan. Bu haqda Janubiy Koreyaning JoongAng Ilbo gazetasi habar tarqatgan.

Habarda yozilishicha, sobiq qishloq ho'jalik vazirligi Hvan Min va ta`lim vazirligida yuqori lavozimda faoliyat ko'rsatgan Ri Yon Chjin omma oldida zenit pulemyotidan o'qqa tutilgan.

Qatl Kim Chen Inning shahsiy buyrug'i bilan Phen'yandagi harbiy akademiya hovlisida amalga oshirilgan.

Hvan Minning otilishiga u Kim Chen Inga qarshi ko'rsatma berishda ayblangani sabab bo'lgan. KHDR Yetakchisi uning harakatlarini «shahsiy da`vat sifatida qabul qilgan».

Li Chon esa majlis chog'ida Kim Chen In nutq so'zlayotganida uhlab qolgach, darhol hibsga olingan va qizg'in so'roq qilinib, so'ng korruptsiyada ayblangan va qatl qilingan.

Nashrda yozilishicha, bu ma`lumot tasdiqlansa, bu qatl Kim Chen In hokimiyat tepasiga kelganidan buyon omma oldida amalga oshirilgan ilk qatl sifatida hisoblanadi.

Habarda aytilishicha, bu qatllar shimoliy koreyalik diplomatlarning va turli darajadagi amaldorlarning mamlakatdan qochib ketayotgani borasidagi tekshiruvlar natijasi bo'lishi ham mumkin.

1 avgust kuni shimoliy koreyalik amaldor 40 mln dollar miqdoridagi mablag' bilan Hitoyga qochib o'tgani haqida habar berilgandi.

Яндекс.Метрика