У нас есть только
оригинальные песни

Kia kompaniyasi Cadenza sedanining yangi avlodini tasniflab berdi

calendar 14.01.2016
1030

Kia kompaniyasi Janubiy Koreyada K7nomi ostida chiqadigan Cadenza sedanining yangi avlodi haqida ma'lumot berdi. Uning ilk suratlari 2015 yilning noyabrida oshkor etilgan edi. Texnik tafsilotlari esa yaqinda e'lon qilindi.

Ushbu modelning uzunligi 4970 millimetrni tashkil eatdi, eni – 1870 millimetr, balandligi esa – 1470 millimetr. G'ildirak bazasi o'lchami 10 millimetrga kengaytirilgani bois 2855 millimetrni tashkil etgan. Modelning old va orqa chiroqlari LED elementli chiroqlari bilan jihozlangan.

Modelning motor qismi 2,2-litrli dizel dvigatel, shuningdek, 2,4 va 3,3 hajmli benzin agregatiga ega bo'ldi. u sakkizbosqichli avtomat uzatmaga ega bo'lib, 290 ot kuchiga ega.

2016 yilning ikkinchi yarmida avtomobil gibrid qurilmalar bilan jihozlanishi kutilmoqda. Bundan tashqari, sedanda 3,3 litrli tvin-turbo bo'lishi ham istisno etilmayapti.

 

Яндекс.Метрика