Kichik tahlil. «O‘zbektelekom» AK xizmatlarining narxlari qanchalik qimmat?

Deyarli har oyda qaysidir mahsulotning yoki xizmatning narxi oshadi. Tabiiyki, bundan aholining kundalik xarajatlari ham oshib boradi. Buni hisobga olgan holda o‘z mijozlariga qulaylik yaratish maqsadida «O‘zbektelekom» AK so‘nggi yillarda sun’iy ravishda xizmatlar narxini pasaytirib keldi.

Ammo abonentlarga sifatli xizmat ko‘rsatish barobarida zamon bilan hamqadam bo‘lish, jahondagi texnologiyalar yangiliklariga dinamik tarzda javob bera olish, ularni tadbiq etish katta xarajatlarni talab etadi. Jahon telekommunikatsiyalar bozorida rivojlanish bir zum bo‘lsin, to‘xtab turgani yo‘q.

Bu bozorda raqobatbardosh bo‘lish uchun tizimda eng so‘nggi texnologiyalarni joriy etib borish zarur.  Bularning barchasi tariflarning sezilarli darajada oshishiga olib kelishi tabiiy hol. Biroq «O‘zbektelekom» AK ikki yildan ortiq vaqt davomida xalqaro aloqa sifatini ta’minlash xarajatlarini o‘z gardaniga olib kelgan, xususan amaldagi telefon kabellarini yangilash va yangilarini o‘tkazish, qurilmalarni modernizatsiya qilish va boshqa ishlar, zarar ko‘rilsa-da, kompaniya tomonidan tariflar keskin oshirilmasdan amalga oshirib kelindi. Qo‘shni davlatlar operatorlari o‘z tariflarining oshirib borishiga qaramasdan «O‘zbektelekom» past narxlarda xizmat ko‘rsatishni davom ettirdi.

Xarajatlarni mustaqil ravishda qoplashni davom ettirishga imkon qolmagach, o‘tgan yil oxirlarida xalqaro telefon qo‘ng‘iroqlariga tariflarning oshirilishi haqida ma’lum qilingan edi. Biroq abonentlar murojaatlari va so‘rovlari inobatga olib, yana ma’lum muddatga xalqaro aloqa xizmatlari narxining tabiiy ravishda o‘sishiga cheklov qo‘yildi.

O‘zbekiston axborot texnologiyalari bozorida yirik operator sifatida “O‘zbektelekom” AK mamlakatdagi innovatsion rivojlanish, abonentlar bazasini kengaytirish, yuqori texnologiyalarni barcha shahar va qishloqlarga yetkazib berish uchun o‘zini mas’ul deb hisoblaydi.

Hozirgi kunda kompaniya moliyaviy barqarorlikka erishishga intilib, o‘z e’tiborini faoliyatining iqtisodiy samaradorligiga qaratmoqda. Operatorlar bilan xalqaro kelishuvlar xorijiy valyutada amalga oshiriladi. Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, xarajatlar oshib borayotgani sabab «O‘zbektelekom» AKning xizmatlar narxini qayta ko‘rib chiqishga majbur bo‘lingan. Bundan tashqari tarmoqning texnik bazasini modernizatsiya qilish, filiallarni xalqaro standartdagi qurilmalar bilan jihozlash muhim masalalardan biri bo‘lib qolyapti.

Shu sabab, 2018-yil 1-favraldan «O‘zbektelekom» AK quyidagi universal xizmatlar uchun tariflarni oshirishga qaror qildi:

  • Mahalliy telefon aloqasi uchun to‘lov 30 foizga oshiriladi;
  • Xalqaro telefon qo‘ng‘iroqlari hamda sun’iy yo‘ldosh aloqa tarmoqlariga tariflar 70 foizga oshiriladi.

Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, MDH mamlakatlarida milliy operatorlarning tariflari 0,12 va 1,24 AQSh dollari oralig‘ida o‘zgarib turibdi, jumladan Rossiyada – 0,29 dan 0,51 gacha, Qozog‘istonda – 0,11 dan 0,37 gacha, Qirg‘izistonda – 0,12 dan 0,43 gacha, Turkmanistonda – 0,82 dan 1,24 gacha, Ukrainada – 0,25 dan 1,2 gacha, Moldovada – 0,32, Belorusiyada – 0,20 dan 0,25 gacha.


Комментарии (0) | Добавить: 20.01.2018
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
Поиск MP3 и Клипы

«Новости»

Kunduzgi uyqu hayot uchun xavfli deb topildi
Nonushtaga banan? Yo‘q, bu xavfli
Oiladagi janjalda uka halok bo'ldi
Ekologik falokatda faqat Rossiya manfaat olishi mumkinligi ma`lum bo'ldi
Tramp Xitoyni “talon-tarojlik”da aybladi
Pxenyandagi parad ko'p yillar davomida ilk marta ballistik raketalar namoyishisiz o'tdi
Olimlar uyqusizlik sabab semirish ehtimoli yuqori ekanligini aniqlashdi
O‘zbekistonda Facebook bilan bog‘liq muammolar fonida mobil VPN ommaviyligi keskin oshdi
Bosh vazir o'rinbosari: «Ayollarga nisbatan zo'ravonlikka chek qo'yaylik!»
Ilonlar qurg'oqchilikdan keyin kamroq, yog'ingarchilikdan keyin ko'proq chaqishi aniqlandi
2019 yilda O'zbekistonda ko'pkari bo'yicha ilk jahon chempionati o'tkaziladi
Mi 8 Pro xalqaro bozorga chiqyapti – u Xiaomi’ning yangi flagmanimi?
Ikki daqiqada uyquga ketish mumkin. Amerikalik harbiylar usuli
“Ular me’yordan chiqishgan”. Olimjon Xudoynazarov “Dizayn” jamoasining tarqalgan audiolariga munosabat bildirdi (video)
Jurnalistlar Trampni sovuq urush uslubida masxara qildi
Saloh Misr terma jamoasi o'yinida 2 gol urib, 2 golga pas berdi va 2 penaltini urolmadi
Rustam Sa’diyev “Baron 2” filmining suratga olish ishlari qaysi davlatlarda bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi
«Telegram»ning «klon»i paydo bo‘ldi
Alisher Usmonov tug‘ilgan kunini taniqli oligarxlar bilan Toshkentda nishonlamoqchi
Majburiy mehnatga jalb qilinganlar uchun ishonch telefonlari ishga tushirilmoqda
O'zbekistonda 10 sentabrdan 9 raqamli raqamlash tizimiga o'tiladi
Salbiy kayfiyatda uyg'onish – o'ta xavfli
Shahram G'iyosov navbatdagi raqibini ma`lum qildi. Bu uning faoliyatidagi eng kuchli raqib
Tramp Apple’ga ishlab chiqarishini AQShga qaytarishni tavsiya qildi
Ayrim mahsulotlarni birga iste`mol qilib bo'lmaydi. Shu to'g'rimi?
15 sentabr “Avtomobilsiz kun” aksiyasiga start beriladi
Makgregor UFC chempioni bo'lgan qizga ruhiy jarohat yetkazdi
Pasport yo'qolganda nima qilish kerak
Qanday xodimlarga dastlabki sinov belgilanmaydi?
Facebook ishlamayaptimi: unda sizga VPN yordam beradi
Amazon narxi ilk marta trillion dollardan oshdi
“Afrosiyob” elektropoyezdi 7-sentabrdan Shahrisabzga qatnovlarni boshlaydi
Butun dunyodagi ko'chmas mulkning umumiy qiymati ma`lum qilindi
Misr prezidenti O'zbekistonga keldi
Poroshenko Londondan Kiyevga oddiy yo'lovchi samolyotda uchib keldi
Censatsiya: «Mangu» – milliy «bitkoin»
Shrink Me – surat sifatini saqlagancha hajmini kichraytirib beruvchi bepul servis!
“Terpila”, sen erkakmassan! – Toshkentda go'dakning hayotini saqlab qolmoqchi bo'lgan erkak shunday rahmat eshitdi
Bolani vaqtida uxlatish uchun charchatish kerak…
Kadastr hujjati yuqolgan bo'lsa nima qilish kerak?