У нас есть только
оригинальные песни

Kim Chen In Shimoliy Koreyada vodorod bombasi borligini e'lon qildi

calendar 10.12.2015
1790

KXDRda o'zining vodorod bombasi bo'lishi mumkin. Davlatda bunday qurol mavjudligi to'g'risida shimolliklar etakchisi Kim Chen In ma'lum qildi.

Uning so'zlarini Shimoliy Koreyaning Markaziy telegraf axborot agentligi tarqatdi. “Biz buyuk yadroviy mamlakatga aylanib, o'z vatanimizning mustaqilligi va milliy qadr-qimmatimizni kuchli yadroviy va vodorodli bombalarimiz zarbasi bilan himoyalay olishimiz mumkin”, - dedi Kim Chen In.

Qayd etilishicha, mazkur jumlalar Shimoliy Koreya etakchisining Pxenyandagi yangilangan qurol-yarog' zavodiga tashrif buyurganidan so'ng yangragan. Shimollik koreyslar rahbari mamlakatda harbiy sanoatni faol rivojlantirish zarurligini ham ta'kidlab o'tgan.
Ayni paytda KXDRning haqiqatdan ham vodorod bombasi yaratganini tasdiqlovchi rasmiy ma'lumotlar yo'q.

Яндекс.Метрика