У нас есть только
оригинальные песни

Kim Chen In Singapurda o'zini o'ldirib yuborishlaridan xavfsiramoqda

calendar 07.06.2018
939

AQSh prezidenti Donald Tramp bilan 12 iyun kuni Singapurdagi sammit doirasida uchrashishga hozirlik ko'rayotgan KXDR rahbari Kim Chen In sammitda ishtirok etuvchi davlat rahbarlarining xavfsizligi yuqori darajada tashkil etilishiga shubha bilan qaramoqda.

Bloomberg nashri amerikalik mulozimlardan biriga asoslanib xabar berishicha, Shimoliy Koreya rahbari orolchada o'tadigan sammit chog'ida o'z hayotiga suiqasd sodir etilishidan cho'chimoqda.

Bundan avvalroq KXDR vakillari AQSh bilan sammit uchun Singapurga davlat rahbari uchun Pxenyandan maxsus avtomobil olib bormasligi, Kim Chen Inning harakatlanishi uchun maxsus seriyadagi zirhli, qora rangli BMW 760 avtomobili ajratilgani xabar qilingandi.

Яндекс.Метрика