У нас есть только
оригинальные песни

Kim Chen In yadro tugmasiga ega bo'lganidan ogohlantirdi

calendar 01.01.2018
976

Shimoliy Koreya yetakchisi uning stoli ustida yadro tugmasi turganidan ogohlantirdi. U bu haqda Shimoliy Koreya fuqarolariga yangi yil murojaatida ma`lum qildi. 

Uning aytishicha, yadroviy kuchlar Pxenyanga AQShni Shimoliy Koreya bilan urush boshlashga intilishida “bosib turadi”.

Shimoliy Koreya yetakchisining ta`kidlashicha, agar Pxenyan yadroviy zarba berishga qaror qilsa, AQShning butun hududi nishon ostida bo'ladi.

Kim Chen Inning aytishicha, Shimoliy Koreya milliy yadroviy kuchlarni yaratishni yakunladi. U raketa dasturini rivojlantirishdagi muvaffaqiyatlarni yuqori baholadi va Shimoliy Koreya ayni vaqtda yangi qit`alararo ballistik raketani sinovdan o'tkazishga tayyorgarlikning yakuniy bosqichida ekanligini qo'shimcha qildi.

Shimoliy Koreya rahbari uning davlatiga bosim oshgandan arz qildi hamda yadroviy kallaklar va ballistik raketalarni ishlab chiqarishni tezlashtirishga chaqirdi.

Koreya yarimorolidagi vaziyat 2017 yilda keskin yomonlashib ketdi. Pxenyan ko'plab raketa sinovlari va yadroviy sinov o'tkazdi, bu esa xalqaro hamjamiyat tomondan qoralanib, sanksiyalarning kuchayishiga olib keldi.

Яндекс.Метрика