У нас есть только
оригинальные песни

Kim Chen Inning hayotiga suiqasd tayyorlangani ma'lum bo'ldi

calendar 06.12.2015
1418

Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Inni yangi aeroportga tashrifi chog'ida portlatib yubormoqchi bo'lishgani haqida xabar paydo bo'ldi.

Yosh dohiyning hayotiga suiqasd uyushtirilgani to'g'risida ma'lumot aniqlangach, uning tashriflari bekor qilingan.

Segodnya.ua xabarida yozilishicha, uning yangi qurilgan Vonsan aeroportiga tashrifi chog'ida suiqasd uyushtirmoqchi bo'lishgan. Soqchilar binodan portlovchi qurilmalarni topgan va safar bekor qilingan.

Oktyabr oyi boshidan beri Kim Chen In Koreya Mehnat partiyasining 70 yilligiga atab qurilgan yangi ob'ektlarni shaxsan ko'zdan kechirishga kirishgandi. Vonsan shahridagi yangi Kalma aeroportiga ham safar uyushtirilishi rejalashtirilgan, biroq tekshiruv chog'ida aeroport tomidan har biri 200 grammlik 100 ga yaqin dinamit shashkasi topilgan.

Ayni vaqtda bu hodisa bo'yicha tekshiruv ishlari olib borilishi davom etmoqda, aeroport esa tayyor bo'lganiga qaramasdan ishga tushirilmasdan yotibdi.

Qayd etilishicha, Vonsandagi bu aeroport harbiy maqsadlarda foydalangan. Unda xorijdan reyslarni qabul qilish imkoniyatini yaratish maqsadida rekonstruktsiya ishlari olib borilgan. Kim Chen Inning tashabbusi bilan amalga oshirilgan bu ishdan maqsad KXDRning xorijlik sayyohlar uchun ochiqligini namoyish etish hisoblanadi.

Яндекс.Метрика