У нас есть только
оригинальные песни

Kim oshdi savdosida "Titanik" halokatiga sabab bo'lgan aysbergning fotosurati 21 ming funtga sotildi

calendar 25.10.2015
3029

Buyuk Britaniyaning Uiltsher auktsionida "Titanik" kemasi falokatiga sabab bo'lgan aysberg fotosurati 21 ming funt sterling evaziga sotildi. Bu haqda "SKY" telekanali ma'lum qilgan.

Kim oshdi tadbiri tashkilotchilarining bildirishicha, bu fotosurat o'sha to'qnashuvdan bir necha soat o'tib, o'sha hudud yaqinida suzib yurgan "Prints Adalbert" kemasi xodimi tomonidan suratga tushirilgandi.

Ushbu savdoda shuningdek, "Titanik"yo'lovchilaridan biriga tegishli bo'lgan pechene 15 ming funt evaziga, halokatdan qutilib qolgan yo'lovchi Margaret Braunga tegishli "Kumush kubok" 130 ming funt evaziga sotilgan.

Яндекс.Метрика