У нас есть только
оригинальные песни

Kim yirik soliq to'lovchi hisoblanadi?

calendar 21.06.2018
795

DSQning qarori bilan Yuridik shaxslarni yirik soliq to'lovchilar toifasiga kiritishning mezonlarini belgilash to'g'risidagi nizom tasdiqlandi, deb yozmoqda Norma.

Eslatib o'tamiz, prezidentning 18.07.2017 yildagi PF-5116-son farmoniga binoan yirik soliq to'lovchilar bo'yicha soliq ma`muriyatchiligi Qoraqalpog'iston, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari tomonidan amalga oshirilishi nazarda tutilgan.
 
Qabul qilingan hujjatda belgilanishicha, yuridik shaxslarni yirik soliq to'lovchilar toifasiga kiritish uchun oldingi soliq davri yakuni bo'yicha quyidagi mezonlarga bir vaqtning o'zida mos keladigan yuridik shaxslar tanlab olinadi:

• soliq davri yakuni bilan hisoblangan soliqlar va boshqa majburiy to'lovlar summasi EKIHning 200 ming baravaridan kam bo'lmagan (34 mlrd 448 mln so'm);
• tovar aylanmasi hajmi EKIHning 300 ming baravaridan kam bo'lmagan (51 mlrd 672 mln so'm);
• jami aktivlari qiymati EKIHning 100 ming baravaridan kam bo'lmagan (17 mlrd 224 mln so'm).
 
Bunda eng kam ish haqi (EKIH) miqdori yirik soliq to'lovchilar toifasini aniqlash uchun tanlangan soliq davri yakunida belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan kelib chiqqan holda hisobga olinadi. Yirik soliq to'lovchilar toifasiga kiritish soliq organlariga taqdim etilgan soliq hamda moliyaviy hisobotlar asosida amalga oshiriladi.
 
Yirik soliq to'lovchilar ro'yxati har yili keyingi soliq davri boshlangunga qadar bir oydan kechikmay Davlat soliq qo'mitasi tomonidan tasdiqlanadi. Yirik soliq to'lovchilar ro'yxatiga kiritilgan yuridik shaxslar Qoraqalpog'iston, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari tomonidan tegishli qaror qabul qilingan kundan e`tiboran 5 kun ichida bu haqda hisobga qo'yilgan joy bo'yicha yozma ravishda, shu jumladan soliq to'lovchining shaxsiy kabineti orqali xabardor qilinadi.
 
Agar yuridik shaxs soliq davri yakuni bo'yicha yirik soliq to'lovchilarga qo'yiladigan mezonlarga javob bermasa, u navbatdagi bir yil mobaynida yirik soliq to'lovchilar toifasida qoladi. Tashkilot yirik soliq to'lovchilar ro'yxatidan chiqarilganligi to'g'risidagi xabarnomani olmagunga qadar yirik soliq to'lovchilar toifasida qoladi.

Яндекс.Метрика